QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят77

وَنَادَوْا۟ يَـٰمَـٰلِكُ لِيَقْضِ عَلَيْنَا رَبُّكَ ۖ قَالَ إِنَّكُم مَّـٰكِثُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» – deb nido qildilar. U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi.Улар: «Эй Молик! Роббинг бизни битирсин!» – деб нидо қилдилар. У: «Албатта, сиз туриб қолгувчисиз», деди.Alauddin Mansour: Ular (doʻzax xodimi boʻlgan farishtaga) «Ey Molik, Parvardigoring bizlarga hukmini qilsin (yaʼni, tezroq jonimizni olsin, bizlar bu azobdan qutulaylik», deb) nido qilganlarida, u «Albatta sizlar (mana shu azobda mangu) turguvchidirsizlar», dedi.Улар (дўзах ходими бўлган фариштага) «Эй Молик, Парвардигоринг бизларга ҳукмини қилсин (яъни, тезроқ жонимизни олсин, бизлар бу азобдан қутулайлик», деб) нидо қилганларида, у «Албатта сизлар (мана шу азобда мангу) тургувчидирсизлар», деди.

495-sahifa · 25-juz · 50-hizb495-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَنَادَوْا۟va nido qildilarва нидо қилдиларيَـٰمَـٰلِكُey Molikэй Моликلِيَقْضِbitirsinбитирсинعَلَيْنَاbizniбизниرَبُّكَ ۖRobbingРоббингقَالَdediдедиإِنَّكُمalbatta, sizалбатта, сизمَّـٰكِثُونَturib qolguvchisizтуриб қолгувчисиз
TafsirТафсир

Yaʼni, doʻzaxiylar oʻzlariga berilayotgan azoblar ogʻrigʻi, alami va shiddatiga chiday olmay, doʻzax ishlariga qarab turuvchi Molik ismli farishtaga qarab:

«Ey Molik! Robbing bizni bitirsin!» – deb nido qildilar».

Robbing bizni yoʻq qilib yuborsin. Bu holga chiday olmaymiz. Bundan koʻra yoʻq boʻlib ketganimiz yaxshi, dedilar. Doʻzaxdan qutulish, undan qaytib yaxshi ishlar qilishga imkon boʻlmaganidan, azobni yengillatishdan umid ham yoʻqligi sababli shunday orzu qildilar. Bu, amalga oshadigan orzumi oʻzi? Bu talabga Molik nima deydi?

«U: «Albatta, siz turib qolguvchisiz», dedi.»

Ey, jahannam ahllari, bu orzu behuda, Robbim sizni yoʻq qilib yubormaydi. Unda, siz qilmishingiz jazosini olmay qutulib ketgan boʻlasiz. Siz, albatta, jahannamda va uning azobida abadiy turib qolishingiz kerak.

Keyingi oyatda esa, ularning ushbu ayanchli holatga tushib qolishlari sababi aytiladi: