أَمْ أَبْرَمُوٓا۟ أَمْرًا فَإِنَّا مُبْرِمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ular biron ishga qaror qildilarmi? Bas, Biz, albatta, qaror qilguvchimiz.Ёки улар бирон ишга қарор қилдиларми? Бас, Биз, албатта, қарор қилгувчимиз.Alauddin Mansour: Balki ular (yaʼni, Makka mushriklari Paygʻambar alayhis-salotu vas-salomga suiqasd qilish uchun) biron ishga qaror qilgandirlar?! Bas, albatta Biz ham (Oʻz paygʻambarimizga ularning makrlaridan najot berib, u suiqasd qilguvchilarning oʻzlarini halok etishga) qaror qilguvchidirmiz.Балки улар (яъни, Макка мушриклари Пайғамбар алайҳис-салоту вас-саломга суиқасд қилиш учун) бирон ишга қарор қилгандирлар?! Бас, албатта Биз ҳам (Ўз пайғамбаримизга уларнинг макрларидан нажот бериб, у суиқасд қилгувчиларнинг ўзларини ҳалок этишга) қарор қилгувчидирмиз.
Ular haq dinni inkor etishga qaror berishgan boʻlsa, Biz ushbu haq dinni ustuvor, sobit etishga qaror qildik.
Ular haq Paygʻambarga yomonlik qilishga qaror bergan boʻlsa, Biz u Paygʻambarni qoʻllab-quvvatlashga va ularning yomonliklaridan asrashga qaror qildik.
Ular haq kitobning obroʻsini tushirishga, uni buzishga qaror bergan boʻlsa, Biz ushbu kitobning shon-sharafini koʻtarishga, uni qiyomatgacha muhofaza etishga qaror qildik.