QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Az-Zukhruf surasi · Oyatсураси · Оят80

أَمْ يَحْسَبُونَ أَنَّا لَا نَسْمَعُ سِرَّهُمْ وَنَجْوَىٰهُم ۚ بَلَىٰ وَرُسُلُنَا لَدَيْهِمْ يَكْتُبُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmas) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmas, deb hisoblaydilarmi? Yo`q! Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.Ёки улар Бизни уларнинг сирларини (билмас) ва пичирлашиб қилган маслаҳатларини эшитмас, деб ҳисоблайдиларми? Йўқ! Ҳолбуки, элчиларимиз уларнинг олдиларида ёзмоқдалар.Alauddin Mansour: Balki ularning gumonlaricha, Biz ularning sirlarini (bilmasmiz) va shivir-shivirlarini eshitmasmiz?! Undoq emas! Bizning elchilarimiz (farishtalar) ularning oldilarida (har bir qilgan ishlarini) yozib tururlar!Балки уларнинг гумонларича, Биз уларнинг сирларини (билмасмиз) ва шивир-шивирларини эшитмасмиз?! Ундоқ эмас! Бизнинг элчиларимиз (фаришталар) уларнинг олдиларида (ҳар бир қилган ишларини) ёзиб турурлар!

495-sahifa · 25-juz · 50-hizb495-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أَمْyokiёкиيَحْسَبُونَhisoblaydilarmiҳисоблайдилармиأَنَّاBizniБизниلَاemasэмасنَسْمَعُeshitamizэшитамизسِرَّهُمْularning sirlariniуларнинг сирлариниوَنَجْوَىٰهُم ۚva pichirlashib qilgan maslahatlariniва пичирлашиб қилган маслаҳатлариниبَلَىٰyoʻq! (eshitamiz)йўқ! (эшитамиз)وَرُسُلُنَاva elchilarimizва элчиларимизلَدَيْهِمْularning oldilaridaуларнинг олдиларидаيَكْتُبُونَyozmoqdalarёзмоқдалар
TafsirТафсир

Nima uchun kofir, mushrik va munofiqlar haqqa, Islomga, Qurʼonga va Paygʻambarga qarshi boʻladilar? Nima uchun turli gaplar tarqatadilar? Nima uchun dushmanlik qiladilar?

«Yoki ular Bizni ularning sirlarini (bilmas) va pichirlashib qilgan maslahatlarini eshitmas, deb hisoblaydilarmi?»

Odamlar oldida dinimiz haqida yomon gap aytmasalar ham, dinga qarshi oshkora ish qilmasalar ham, odamlardan yashirin suratda dinga qarshi ishlar qilishlari shu sababdanmi? Oʻzlari yolgʻiz qolib pichirlashib, dinga, dindorlarga qarshi rejalar tuzishlari shundanmi?

«Yoʻq!»

Ularning bu gumonlari mutlaqo notoʻgʻri. Biz ularning hamma ishlarini ipidan-ignasigacha yaxshi bilamiz. Biz ularning pichirlashib qilgan maslahatlarini ham eshitib turamiz.

«Holbuki, elchilarimiz ularning oldilarida yozmoqdalar.»

Ustiga-ustak, ularga biriktirilgan elchi farishtalarimiz ularning har bir ishlarini, gap-soʻzlarini ularning oldida turib, aniq qilib yozmoqdalar. Vaqti kelganda, oʻsha elchilarimiz yozgan hujjatni ularga koʻrsatamiz. Hujjatda ularning Islomga, musulmonlarga qarshi qilgan ishlari, aytgan gaplari vaqti va guvohi bilan ochiq-oydin yozilgan boʻladi. Ularga oʻsha noma koʻrsatilib, gunohlariga iqror qilingach, soʻngra jazolari beriladi.

Keyingi oyatda Alloh taolo Paygʻambarimiz sollallohu alayhi vasallamga xitob qilib, quyidagini aytishni amr qiladi: