وَلَا يَمْلِكُ ٱلَّذِينَ يَدْعُونَ مِن دُونِهِ ٱلشَّفَـٰعَةَ إِلَّا مَن شَهِدَ بِٱلْحَقِّ وَهُمْ يَعْلَمُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Allohdan o`zga iltijo qilayotgan narsalari shafoatga ega bo`lmaslar. Magar, bilgan hollarida haq shahodat berganlargina (ega bo`lurlar).Аллоҳдан ўзга илтижо қилаётган нарсалари шафоатга эга бўлмаслар. Магар, билган ҳолларида ҳақ шаҳодат берганларгина (эга бўлурлар).Alauddin Mansour: (Mushriklar Allohni) qoʻyib duo iltijo qilayotgan butlari (Qiyomat Kunida biron kishini) shafoat qilishga ega boʻla olmas, magar oʻzlari bilgan hollarida Haq guvohlik bergan (yaʼni, «Hech qanday iloh yoʻq, magar yolgʻiz Allohgina bor ekanligiga guvohlik beraman», degan) kishilargina (Allohning izni irodasi bilan shafoat qilishga qodir boʻlurlar).(Мушриклар Аллоҳни) қўйиб дуо илтижо қилаётган бутлари (Қиёмат Кунида бирон кишини) шафоат қилишга эга бўла олмас, магар ўзлари билган ҳолларида Ҳақ гувоҳлик берган (яъни, «Ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар ёлғиз Аллоҳгина бор эканлигига гувоҳлик бераман», деган) кишиларгина (Аллоҳнинг изни иродаси билан шафоат қилишга қодир бўлурлар).
Yaʼni, qiyomat kuni mushriklarning soxta xudolari ularga shafoat berib, qutqarib qola olmaydi. Chunki, ularning shafoati qabul boʻlmaydi. Shafoati qabul boʻladigan kimsalar esa, bilib, tushunib, ishonib tavhidga–Allohning yagonaligiga shahodat bergan kishilar boʻladi. Ular esa, albatta, mushriklarni shafoat qilmaydi.
Ey Muhammad!