QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Ad-Dukhan surasi · Oyatсураси · Оят10

فَٱرْتَقِبْ يَوْمَ تَأْتِى ٱلسَّمَآءُ بِدُخَانٍ مُّبِينٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, osmon aniq tutunni keltiradigan kunni kut.Бас, осмон аниқ тутунни келтирадиган кунни кут.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), siz osmon ochiq (yaʼni, barchaga koʻrinadigan) tutunni keltiradigan Kunga koʻz tuting!Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сиз осмон очиқ (яъни, барчага кўринадиган) тутунни келтирадиган Кунга кўз тутинг!

496-sahifa · 25-juz · 50-hizb496-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱرْتَقِبْbas, kutбас, кутيَوْمَkunniкунниتَأْتِىkeltiradiganкелтирадиганٱلسَّمَآءُosmonосмонبِدُخَانٍۢtutunniтутунниمُّبِينٍۢaniqаниқ
TafsirТафсир

Surai karimaning nomi aynan mana shu ikki oyatda zikri kelgan duxondan (tutundan) olingandir. Tafsirchi ulamolarimiz bu oyatning tafsirida ikki guruhga boʻlinganlar. Birinchi guruhga mansub ulamolarimiz, ushbu oyatda zikri kelgan tutun qiyomat kunining tutunidir, oyatda uning albatta kelishi taʼkidlanmoqda, qiyomat kunida u odamlarni oʻrab oladi va alamli azob boʻladi, deydilar

Ikkinchi guruhga mansub ulamolar esa, «Bu tutun voqeʼlikda boʻlib oʻtgan. Mushriklar Paygʻambarimiz alayhissalomga osiy boʻlganlarida u zot sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey bor Xudoyo! Muzar(qabilasi)ga bosimingni shiddatli qil, ularga Yusufning yillaridek (qahatchilik) yillarini yubor», deb duo qildilar. Shunda ular ocharchilikka yoʻliqib, oʻlimtiklarni ham yedilar. Keyin ularni quyuq tutun oʻrab oldi, odamlar bir-birlarining ovozlarini eshitishardi-yu, lekin koʻrishmasdi. Ushbu oyatdagi tutundan murod ana oʻsha tutundir», deydilar

Har ikki holatda ham tutundan murod Allohning kofiru mushriklarga yoʻllagan ulkan azobidir.

Oʻsha azobda qolganlar Allohga iltijo qilib, bunday deydilar: