يَغْشَى ٱلنَّاسَ ۖ هَـٰذَا عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, odamlarni o`rab olur. Bu, alamli azobdir.У, одамларни ўраб олур. Бу, аламли азобдир.Alauddin Mansour: U (tutun barcha) odamlarni oʻrab olur. Bu alamli azobdir.У (тутун барча) одамларни ўраб олур. Бу аламли азобдир.
Surai karimaning nomi aynan mana shu ikki oyatda zikri kelgan duxondan (tutundan) olingandir. Tafsirchi ulamolarimiz bu oyatning tafsirida ikki guruhga boʻlinganlar. Birinchi guruhga mansub ulamolarimiz, ushbu oyatda zikri kelgan tutun qiyomat kunining tutunidir, oyatda uning albatta kelishi taʼkidlanmoqda, qiyomat kunida u odamlarni oʻrab oladi va alamli azob boʻladi, deydilar
Ikkinchi guruhga mansub ulamolar esa, «Bu tutun voqeʼlikda boʻlib oʻtgan. Mushriklar Paygʻambarimiz alayhissalomga osiy boʻlganlarida u zot sollallohu alayhi vasallam duo qilib: «Ey bor Xudoyo! Muzar(qabilasi)ga bosimingni shiddatli qil, ularga Yusufning yillaridek (qahatchilik) yillarini yubor», deb duo qildilar. Shunda ular ocharchilikka yoʻliqib, oʻlimtiklarni ham yedilar. Keyin ularni quyuq tutun oʻrab oldi, odamlar bir-birlarining ovozlarini eshitishardi-yu, lekin koʻrishmasdi. Ushbu oyatdagi tutundan murod ana oʻsha tutundir», deydilar
Har ikki holatda ham tutundan murod Allohning kofiru mushriklarga yoʻllagan ulkan azobidir.
Oʻsha azobda qolganlar Allohga iltijo qilib, bunday deydilar: