إِنَّ فِى ٱلسَّمَـٰوَٰتِ وَٱلْأَرْضِ لَـَٔايَـٰتٍ لِّلْمُؤْمِنِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, osmonlaru yerda mo`minlar uchun oyat(belgi)lar bordir.Албатта, осмонлару ерда мўминлар учун оят(белги)лар бордир.Alauddin Mansour: Shak-shubhasiz, osmonlar va Yerda moʻminlar uchun (Allohning qudrat va hikmatiga dalolat qiladigan) oyat-alomatlar bordir.Шак-шубҳасиз, осмонлар ва Ерда мўминлар учун (Аллоҳнинг қудрат ва ҳикматига далолат қиладиган) оят-аломатлар бордир.
Bu oyati karimada moʻminlar uchun Alloh taoloning biru borligini, qudratini va boshqa barkamol sifatlarini koʻrsatuvchi belgilar borligi taʼkidlanmoqda. Darhaqiqat, osmonlaru yerdagi har bir narsa Alloh taoloning biru borligiga, cheksiz qudratiga yorqin dalildir. Osmonlaru yerdagi hamma narsa bunga misol boʻladi. Bu ulkan haqiqatni anglab yetish uchun iymonli inson boʻlish kerak. Iymonsiz buni anglamaydi. Shuning uchun, kofirlar fazoni zabt etsalar ham, undagi sir-asrorlarni oʻrgansalar ham: tabiatning ustaligini qarang, osmonni ajoyib qilib qoʻyibdi, ammo fazoga chiqib xudoni koʻrmadim, deb turaveradilar. Onaning qornidagi homilaning har bir bosqichini alohida oʻrganib: bu ishlarni kim qilayotganini tushunib boʻlmaydi, deb turaveradilar.