وَفِى خَلْقِكُمْ وَمَا يَبُثُّ مِن دَآبَّةٍ ءَايَـٰتٌ لِّقَوْمٍ يُوقِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sizlarning yaratilishingizda va taratib qo`yilgan jonivorlarda aniq ishonadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.Ва сизларнинг яратилишингизда ва таратиб қўйилган жониворларда аниқ ишонадиган қавм учун оят(белги)лар бор.Alauddin Mansour: Yana sizlarning (bir tomchi suv-nutfadan) yaralishingizda va (Alloh Yer yuziga) tarqatib yuborgan jonivorlardan iborat narsalarda ham aniq ishonadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Яна сизларнинг (бир томчи сув-нутфадан) яралишингизда ва (Аллоҳ Ер юзига) тарқатиб юборган жониворлардан иборат нарсаларда ҳам аниқ ишонадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.
Insonning yaratilishida Alloh taoloning biru borligiga, kuchqudratiga, tadbiru sanʼatiga sonsiz-sanoqsiz belgilar bor. Insoniyat yaratilganidan beri oʻzini oʻrganib keladi. Oʻshandan beri oʻzida bitmas-tuganmas ajoyibotlar borligini tasdiqlaydi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu ishlar juda rivojlandi. Ilmiy taraqqiyot tufayli insonni oʻrganish ham yuqori darajaga chiqdi. Inson qancha koʻp oʻrganilsa, Allohning biru borligiga dalolat qiluvchi belgilar shunchalik koʻp ochilmoqda. Shu bilan birga, insonni oʻrganish boʻyicha dunyodagi eng katta ilmiy markazga qirq yildan ortiq muddat bosh boʻlgan, ilmiy ishlari uchun eng oliy mukofot va unvonlarga sazovor boʻlgan olimning «Inson, ana oʻsha majhul» degan kitob yozishi insonning oʻzidagi oyat-belgilar naqadar hadsiz-hisobsiz ekanini koʻrsatadi. Oddiy insondan tortib, eng katta olimgacha Allohning insondagi oyat-belgilarini anglab yetish uchun «aniq ishonadigan qavm»dan–iymonlilardan boʻlishi kerak. Boʻlmasa, umr boʻyi insonni oʻrganib turib ham, oʻrganib chiqdim, inson maymundan paydo boʻlgan ekan, deb turaveradi.
Shuningdek, oyatda zikr qilingan jonivorlarni olsak ham, ularning har birida, kattasiyu kichigida, koʻzga koʻrinadiganiyu koʻrinmaydiganida sonsiz-sanoqsiz oyat-belgilar bor. Ularni oʻrganish ham hozirda yanada rivojlandi. Ammo ulardagi belgilarning Allohning biru borligiga, cheksiz qudratiga dalil ekanini anglab yetish uchun «aniq ishonadigan qavm»dan boʻlish kerak.