QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Jathiyah surasi · Oyatсураси · Оят5

وَٱخْتِلَـٰفِ ٱلَّيْلِ وَٱلنَّهَارِ وَمَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ مِنَ ٱلسَّمَآءِ مِن رِّزْقٍ فَأَحْيَا بِهِ ٱلْأَرْضَ بَعْدَ مَوْتِهَا وَتَصْرِيفِ ٱلرِّيَـٰحِ ءَايَـٰتٌ لِّقَوْمٍ يَعْقِلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kechayu kunduzning almashib turishida, Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni o`limidan keyin tiriltirishida va shamollarning yo`nalishida aql yuritadigan qavm uchun oyat(belgi)lar bor.Кечаю кундузнинг алмашиб туришида, Аллоҳ осмондан ризқ нозил қилиб, унинг ила ерни ўлимидан кейин тирилтиришида ва шамолларнинг йўналишида ақл юритадиган қавм учун оят(белги)лар бор.Alauddin Mansour: Yana kecha va kunduzning almashib turishida va Alloh osmondan yogʻdirib, uning yordamida «oʻlgan» Yerni tiriltirgan rizq-yomgʻirda hamda shamollarning yoʻnaltirilishida aql yurgizadigan qavm uchun oyat-ibratlar bordir.Яна кеча ва кундузнинг алмашиб туришида ва Аллоҳ осмондан ёғдириб, унинг ёрдамида «ўлган» Ерни тирилтирган ризқ-ёмғирда ҳамда шамолларнинг йўналтирилишида ақл юргизадиган қавм учун оят-ибратлар бордир.

499-sahifa · 25-juz · 50-hizb499-саҳифа · 25-жуз · 50-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَٱخْتِلَـٰفِva almashib turishidaва алмашиб туришидаٱلَّيْلِkechaningкечанингوَٱلنَّهَارِva kunduzningва кундузнингوَمَآva narsadaва нарсадаأَنزَلَnozil qilganнозил қилганٱللَّهُAllohАллоҳمِنَ-dan-данٱلسَّمَآءِosmonосмонمِن-dan-данرِّزْقٍۢrizqризқفَأَحْيَاbas, tiriltirganбас, тирилтирганبِهِuning ilaунинг илаٱلْأَرْضَyerniерниبَعْدَkeyinкейинمَوْتِهَاoʻlimidanўлимиданوَتَصْرِيفِva yoʻnaltirishidaва йўналтиришидаٱلرِّيَـٰحِshamollarniшамолларниءَايَـٰتٌۭoyat-belgilar borоят-белгилар борلِّقَوْمٍۢqavm uchunқавм учунيَعْقِلُونَaql yuritadiganақл юритадиган
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada esga olingan har bir hodisada ham Alloh taoloning vahdoniyatiga, kuch-quvvatiga, xoliqligiga, tadbirkorligiga dalolat qiluvchi koʻpdan-koʻp belgilar bor. Bu belgilarni anglash uchun ularga ibrat koʻzi bilan nazar solish, ularni eʼtibor berib, diqqat bilan oʻrganish lozim. Xuddi shunga oʻxshash, Qurʼon oyatlari avvalgi musulmonlarni borliqdagi har bir narsani chuqur oʻrganishga chorlagan. Bu chorlovga «labbay» deb javob bergan musulmonlar dunyodagi koʻplab tabiiy ilmlarga asos soldilar. Barcha ilmlarning rivojiga hissa qoʻshdilar. Hamda dunyoning yetakchi xalqiga aylandilar.

Chunki, oʻsha, qadimgi musulmonlar Qurʼoni Karim ruhidan kelib chiqib, borliqni faqat nazariy jihatdan oʻrganib qolmay, oʻrgangan narsalarini amalda tatbiq ham qildilar. Alloh borliqda joriy qilib qoʻygan qoidalarni oʻz foydalariga ishlatishga urindilar. Natijada, ulkan muvaffaqiyatlarga erishdilar.

Vaqt oʻtib, musulmonlar Qurʼondan yiroqlashganlaridan keyin ilmdan ham, undan oʻz manfaatlari uchun foydalanishdan ham uzoqlashdilar. Oqibatda, ortda qolib, oʻshandan beri xoru zor boʻlib kelmoqdalar. Agar musulmonlar peshqadam boʻlishni xohlasalar, oʻzlarida Qurʼon ruhini, unga amal qilish ruhini tiklashlari lozim boʻladi.

Albatta, ushbu oyatda kelgan:

«Kechayu kunduzning almashib turishida» oyat-belgilar bor, degan maʼnoni ishga solib, odamlarga daʼvat qilib, kecha bilan kunduzni yaratgan, ularni aniq vaqtda almashib turadigan, turli xususiyatlarga ega qilib qoʻygan Allohga iymon keltirishga chaqirish juda yaxshi narsa. Ammo kechayu kunduzning xususiyatlarini chuqur oʻrganib, ularning almashib turishining qoidalarini ham yaxshi oʻrganib, ulardan inson uchun foyda chiqarishga urinish nur ustiga nurdir.

Shuningdek:

«Alloh osmondan rizq nozil qilib, uning ila yerni oʻlimidan keyin tiriltirishida...» oyat-belgilar borligini eslab odamlarni iymonga chaqirish ham juda yaxshi narsadir.

Ayni choqda, Alloh osmondan yogʻdiradigan oʻsha rizqqa–yomgʻirga, u bilan oʻlik yerning tirilishiga oid barcha sir-asrorlarni oʻrganib, ularni inson foydasi uchun ishlatish musulmonlarning vazifasidir. Ana oʻsha ishlar amalga oshirilsa, musulmon odam Qurʼon ruhi ila yashagan boʻladi.

«...va shamollarning yoʻnalishida...»

Albatta, bunda ham Allohning qudratiga dalolat qiluvchi belgilar bor. Ularni anglab, Allohga iymon keltirish lozim. Shuningdek, shamollar va ularning yoʻnalishini yaxshi oʻrganib, undan foydalanish yanada manfaat keltirishi mumkin. Shamol quvvatidan foydalanish ham, shuningdek, shamol keltirishi mumkin boʻlgan zararning oldini olish ham manfaatdir.

Bularning hammasi uchun, eng avvalo, «aql yuritadigan qavm» boʻlish kerak. Mazkur oyat-belgilar orqali Allohni tanish uchun ham aql yuritish kerak.

Borliqdagi oyat-belgilar bayonidan keyin, Qurʼon oyatlari haqida soʻz ketadi. Borliqdagi oyatlar Allohga iymon keltirishga dalolat qilib, insonga moddiy foydalar keltirsa, Qurʼon oyatlari ham Allohga iymon keltirishga dalolat qilib, insonga maʼnaviy foydalar keltiradi.