تِلْكَ ءَايَـٰتُ ٱللَّهِ نَتْلُوهَا عَلَيْكَ بِٱلْحَقِّ ۖ فَبِأَىِّ حَدِيثٍۭ بَعْدَ ٱللَّهِ وَءَايَـٰتِهِۦ يُؤْمِنُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bular Allohning oyatlaridir. Biz ularni senga haq ila tilovat qilurmiz. Ular Allohni va Uning oyatlarini qo`yib, qaysi gapga iymon keltirurlar?!Булар Аллоҳнинг оятларидир. Биз уларни сенга ҳақ ила тиловат қилурмиз. Улар Аллоҳни ва Унинг оятларини қўйиб, қайси гапга иймон келтирурлар?!Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), bular Allohning oyatlari boʻlib, Biz ularni sizga haqqi-rost tilovat qilib bermoqdamiz. Bas, ular (Makka kofirlari) Alloh va Uning oyatlarini qoʻyib qaysi soʻzga iymon keltirurlar?!(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), булар Аллоҳнинг оятлари бўлиб, Биз уларни сизга ҳаққи-рост тиловат қилиб бермоқдамиз. Бас, улар (Макка кофирлари) Аллоҳ ва Унинг оятларини қўйиб қайси сўзга иймон келтирурлар?!
Yaʼni, ey Muhammad! Bular aziyzu hakiym boʻlgan zot nozil qilgan kitobning oyatlari, Allohning oyatlaridir.
«Biz ularni senga haq ila tilovat qilurmiz.»
Bunda hech qanday nohaqlik yoʻq. Shuning uchun, har bir eshitgan shaxs iymon keltirmogʻi lozim. Ammo baʼzi odamlar iymon keltirmayaptilar.
«Ular Allohni va Uning oyatlarini qoʻyib, qaysi gapga iymon keltirurlar?!»
Alloh turganda, Uni qoʻyib, kimning gapiga iymon keltiradilar? Allohning oyatlari turganda, ularni qoʻyib, kimning soʻzlariga iymon keltiradilar?!
Bunday odamlar, albatta, jazoga loyiqdirlar.