وَيْلٌ لِّكُلِّ أَفَّاكٍ أَثِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har bir yolg`onchi gunohkorga halokat bo`lsin!Ҳар бир ёлғончи гуноҳкорга ҳалокат бўлсин!Alauddin Mansour: Barcha boʻhtonchi-yolgʻonchi gunohkorga halokat boʻlgʻayki;Барча бўҳтончи-ёлғончи гуноҳкорга ҳалокат бўлғайки;
Yolgʻonchi, kazzob va gunohkorlarga qilinayotgan bu tahdid har bir yolgʻonchi va gunohkorga tegishlidir. Xususan, quyidagi sifat egalariga tegishlidir:
«U oʻziga tilovat qilingan Allohning oyatlarini eshitadi-yu, soʻngra, xuddi eshitmagandek, mutakabbirlik qilib turib olur».
Eshitgan oyatlaridan xulosa chiqarmaydi, Allohga iymon keltirmaydi, mutakabbirlik qilib, kufrda mahkam turib oladi. Bu esa, eng yomon gunohdir.
«Bas, unga alamli azob xushxabarini ber.»
Shunday yolgʻonchi va gunohkorlarning alomatlaridan yana biri: