ذَٰلِكُم بِأَنَّكُمُ ٱتَّخَذْتُمْ ءَايَـٰتِ ٱللَّهِ هُزُوًا وَغَرَّتْكُمُ ٱلْحَيَوٰةُ ٱلدُّنْيَا ۚ فَٱلْيَوْمَ لَا يُخْرَجُونَ مِنْهَا وَلَا هُمْ يُسْتَعْتَبُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bunday bo`lishingiz, albatta, sizning Allohning oyatlarini masxara qilib olganingiz va sizni dunyo hayoti g`ururga ketkazgani uchundir», deyildi. Bas, bugungi kunda ular u(jahannam)dan chiqarilmaslar va ular itobga ham qaytarilmaslar.Бундай бўлишингиз, албатта, сизнинг Аллоҳнинг оятларини масхара қилиб олганингиз ва сизни дунё ҳаёти ғурурга кетказгани учундир», дейилди. Бас, бугунги кунда улар у(жаҳаннам)дан чиқарилмаслар ва улар итобга ҳам қайтарилмаслар.Alauddin Mansour: Bunga sabab — sizlar Allohning oyatlarini masxara qilib olgan edinglar va sizlarni hayoti dunyo aldab qoʻygan edi. Bas, bugun ular (doʻzaxdan) chiqarilmaslar va ulardan (Alloh rozi boʻladigan amallarga) qaytish ham talab qilinmas.Бунга сабаб — сизлар Аллоҳнинг оятларини масхара қилиб олган эдинглар ва сизларни ҳаёти дунё алдаб қўйган эди. Бас, бугун улар (дўзахдан) чиқарилмаслар ва улардан (Аллоҳ рози бўладиган амалларга) қайтиш ҳам талаб қилинмас.
Jahanam azobida qiynalib turgan kofiru osiylarga aytiladigan bu gaplar, ular uchun juda ham ogʻir maʼnaviy azob boʻladi. «Bugungi kunda xuddi siz ushbu kuningizga roʻbaroʻ boʻlishni unutganingizdek, Biz ham sizni unuturmiz.» Yaʼni, siz yorugʻ dunyoda qiyomat kuniga roʻbaroʻ boʻlishni qanday unutgan boʻlsangiz, Biz ham sizni shunday unutamiz. Yaʼni, sizga rahim qilishni unutamiz. Shuning uchun ham: «Joyingiz jahannamdir...» U yerda azoblarni chekib yotaverasiz. «...sizlarga hech yordamchilar yoʻq.» Shuning uchun, jahannamdan qutulib ham chiqa olmaysiz, azobingiz yengil ham boʻlmaydi. Albatta, bunday holga tushishingizning oʻziga yarasha sabablari bor. Ulardan biri: «...sizning Allohning oyatlarini masxara qilib olganingiz...» Kim Allohning oyatlarini masxara qilib olsa, shu holga tushishi turgan gap. «...va sizni dunyo hayoti gʻururga ketkazgani...» Kim dunyo hayotiga aldanib qolsa, shu holga tushadi. «Bas, bugungi kunda ular u(jahannam)dan chiqarilmaslar va ular itobga ham qaytarilmaslar.» Yaʼni, ularga jahannamdan chiqishga ham ruxsat berilmaydi, qilgan gunohlariga itob qilib, keyin yorugʻ dunyoga qaytarib, oʻsha ishlar boʻyicha Allohni rozi qiladigan solih amallar qilishga ham imkon berilmaydi. Chunki, endi vaqt oʻtdi.