QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят16

أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ نَتَقَبَّلُ عَنْهُمْ أَحْسَنَ مَا عَمِلُوا۟ وَنَتَجَاوَزُ عَن سَيِّـَٔاتِهِمْ فِىٓ أَصْحَـٰبِ ٱلْجَنَّةِ ۖ وَعْدَ ٱلصِّدْقِ ٱلَّذِى كَانُوا۟ يُوعَدُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarning eng yaxshi amallarini qabul qilib, yomonliklarini o`tib yuborurmiz. Ular jannat egalaridandir. Ularga berilgan haq va'da shuldir.Ана ўшаларнинг энг яхши амалларини қабул қилиб, ёмонликларини ўтиб юборурмиз. Улар жаннат эгаларидандир. Уларга берилган ҳақ ваъда шулдир.Alauddin Mansour: Ana oʻshalar shunday zotlardirki, Biz ulardan qilgan eng chiroyli amallarni qabul qilurmiz va jannat egalari qatorida ularning yomonlik gunohlaridan oʻtib yuborurmiz. (Bu) ularga vaʼda qilinguvchi haqqirost vaʼdadir.Ана ўшалар шундай зотлардирки, Биз улардан қилган энг чиройли амалларни қабул қилурмиз ва жаннат эгалари қаторида уларнинг ёмонлик гуноҳларидан ўтиб юборурмиз. (Бу) уларга ваъда қилингувчи ҳаққирост ваъдадир.

504-sahifa · 26-juz · 51-hizb504-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَularуларنَتَقَبَّلُqabul qilurmizқабул қилурмизعَنْهُمْulardanуларданأَحْسَنَeng yaxshisiniэнг яхшисиниمَاnarsaningнарсанингعَمِلُوا۟ular qilganулар қилганوَنَتَجَاوَزُva oʻtib yuborurmizва ўтиб юборурмизعَن-dan-данسَيِّـَٔاتِهِمْyomonliklaridanёмонликлариданفِىٓichidaичидаأَصْحَـٰبِegalariэгалариٱلْجَنَّةِ ۖjannatжаннатوَعْدَvaʼdaваъдаٱلصِّدْقِhaqҳақٱلَّذِىoʻshaўшаكَانُوا۟ularуларيُوعَدُونَvaʼda qilinganваъда қилинган
TafsirТафсир

Avvalgi oyatdagi maqtovli sifatlarga ega boʻlgan moʻminlarning qilgan yaxshi amallarini qabul qilamiz va baʼzi qilgan gunohlarini kechirib yuboramiz, deydi Alloh taolo.

«Ana oʻshalarning eng yaxshi amallarini qabul qilib, yomonliklarini oʻtib yuborurmiz.»

Albatta, amalni qabul qilgandan soʻng, uning mukofoti va savobini ham koʻpaytirib beradi. Hamda ularni jannat egalari safiga qoʻshib qoʻyadi.

«Ular jannat egalaridandir.»

Bu oddiy vaʼda emas, balki Alloh taolo bergan haq, sodiq vaʼda boʻlib, amalga oshmay qolmaydi.

«Ularga berilgan haq vaʼda shuldir.»

Ota-onasiga yaxshilik qiluvchi moʻmin farzandning zikridan soʻng, ota-onaga oq boʻlgan farzand zikri keladi.