وَٱلَّذِى قَالَ لِوَٰلِدَيْهِ أُفٍّ لَّكُمَآ أَتَعِدَانِنِىٓ أَنْ أُخْرَجَ وَقَدْ خَلَتِ ٱلْقُرُونُ مِن قَبْلِى وَهُمَا يَسْتَغِيثَانِ ٱللَّهَ وَيْلَكَ ءَامِنْ إِنَّ وَعْدَ ٱللَّهِ حَقٌّ فَيَقُولُ مَا هَـٰذَآ إِلَّآ أَسَـٰطِيرُ ٱلْأَوَّلِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ota-onasiga: «Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning va'dasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar o`tgan-ku!» – degan kishiga, Allohdan madad so`ragan holda, ular: «Holingga voy bo`lgur, iymon keltir, albatta, Allohning va'dasi haqdir», dedilar. U bo`lsa: «Bu o`tganlarning afsonalari, xolos», der.Ота-онасига: «Уфф сизларга, (қабрдан) чиқарилишимнинг ваъдасини бераяпсизларми?! Мендан аввал ҳам асрлар ўтган-ку!» – деган кишига, Аллоҳдан мадад сўраган ҳолда, улар: «Ҳолингга вой бўлгур, иймон келтир, албатта, Аллоҳнинг ваъдаси ҳақдир», дедилар. У бўлса: «Бу ўтганларнинг афсоналари, холос», дер.Alauddin Mansour: Yana bir kimsa borki, ota-onasiga: «Suf sizlarga! Sizlar menga (oʻlganimdan keyin qayta tirilib, qabrdan) chiqarilishim haqida vaʼda beryapsizlar-mi?! Holbuki, mendan ilgari ham asrlar-avlodlar oʻtgan-ku, (ulardan birontasi qayta tirilib keldimi)?!», der. U ikkisi Allohdan madad tilagan hollarida (oʻgʻillariga qarab): «Halok boʻlgur, iymon keltirgin! Albatta Allohning (barcha bandalarni qayta tiriltirish haqidagi) vaʼdasi haqdir», (desalar), u: «Bu faqat avvalgilarning afsonalaridir», der.Яна бир кимса борки, ота-онасига: «Суф сизларга! Сизлар менга (ўлганимдан кейин қайта тирилиб, қабрдан) чиқарилишим ҳақида ваъда беряпсизлар-ми?! Ҳолбуки, мендан илгари ҳам асрлар-авлодлар ўтган-ку, (улардан биронтаси қайта тирилиб келдими)?!», дер. У иккиси Аллоҳдан мадад тилаган ҳолларида (ўғилларига қараб): «Ҳалок бўлгур, иймон келтиргин! Албатта Аллоҳнинг (барча бандаларни қайта тирилтириш ҳақидаги) ваъдаси ҳақдир», (десалар), у: «Бу фақат аввалгиларнинг афсоналаридир», дер.
Ushbu oyati karimada oqpadar farzandning ruhiy-maʼnaviy holati, oʻz ota-onasi ila boʻlgan muomalasi bayon qilinmoqda. Maʼlumki, har bir musulmon ota-ona oʻz farzandi ham musulmon boʻlishini va oʻz umrida erishgan baxtga farzandi ham erishishini xohlaydi. Uning ikki dunyoda baxtsiz boʻlishini, oxiratda doʻzax azobida qolishini istamaydi. Shu mehr, farzand haqidagi qaygʻu taʼsirida ota-ona oʻz farzandlarini iymonu Islomga chaqirsalar, oqpadar farzand ularning bu daʼvatlaridan ranjib,
«Ota-onasiga: «Uff, sizlarga...» deydi.
«Uff» lafzi arablarda biror yoqmagan odamga, koʻngli qolgan narsaga nisbatan ishlatiladi. Bizda xalq orasida yuradigan «suf senga» degan iboraga oʻxshaydi. Demak, oqpadar ham ota-onasining iymonga chaqirishlaridan ijirgʻanib:
«Uff sizlarga, (qabrdan) chiqarilishimning vaʼdasini berayapsizlarmi?! Mendan avval ham asrlar oʻtgan-ku!»–demoqda.
Oʻz-oʻzidan maʼlumki, dinu diyonatga daʼvat qilinayotgan shaxsga, odatda, oxirat eslatiladi: besh kunlik dunyo oʻtib ketadi, ertaga qiyomat boʻlib, qayta tirilib, qabrdan chiqarilganingda savoljavobda nima deysan, deyiladi. Ota-ona ham farzandlariga ushbu maʼnolarni aytgan boʻlsalar, u oqpadardan yuqoridagiday javobni olganlar. Oqpadar oʻzining oxiratga ishonmasligiga dalil qilib, oʻzidan avvalgi asrlarda oʻtgan ajdodlardan biror kishining qabrdan qayta tirilib chiqmaganligini keltiradi. Lekin u oʻziga oʻxshash kofirlar singari, qayta tirilish doim boʻlavermasligini, faqat qiyomat kuni, Allohning amri bilan boʻlishini, insonni yoʻqdan bor qilgan qudratli Zot uchun bu ish hech qiyin emasligini xayoliga ham keltirmaydi!
Albatta, mehribon ota-ona oqpadar farzandning bu nobakorligini koʻtara olmaydilar, mehrlari, iymonlari ularni tinch qoʻymaydi. Bu nozik ishda Alloh taolodan madad soʻraydilar va oqpadar farzandlariga qarata:
«...Allohdan madad soʻragan holda, ular: «Holingga voy boʻlgur, iymon keltir, albatta, Allohning vaʼdasi haqdir», dedilar».
Ammo zalolatga ketgan oqpadar oʻz fikrida, adashuvida davom etadi va:
«Bu oʻtganlarning afsonalari, xolos», der».
Qayta tirilishni inkor etish doimo barcha gunohlarni tap tortmasdan qilaverishga sabab boʻladi. Bu holat, ayniqsa, hozirgi kunda keng tarqalgan. Yuqoridagi oyat hammaga ogohlantirish boʻlmogʻi lozim. Buning ustiga, keyingi oyat ularning oxiratdagi hollarini bayon qilmoqda: