QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят18

أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ حَقَّ عَلَيْهِمُ ٱلْقَوْلُ فِىٓ أُمَمٍ قَدْ خَلَتْ مِن قَبْلِهِم مِّنَ ٱلْجِنِّ وَٱلْإِنسِ ۖ إِنَّهُمْ كَانُوا۟ خَـٰسِرِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ana o`shalarga o`zlaridan avval o`tgan jin va ins ummatlari qatorida (azob) so`zi haq bo`lgandir. Albatta, ular ziyon ko`ruvchilardan bo`ldilar.Ана ўшаларга ўзларидан аввал ўтган жин ва инс умматлари қаторида (азоб) сўзи ҳақ бўлгандир. Албатта, улар зиён кўрувчилардан бўлдилар.Alauddin Mansour: Ana oʻshalar shunday kimsalardirki, ularning ustiga oʻzlaridan ilgari oʻtgan insu-jinsdan iborat (kofir) ummatlar qatorida (azob) Soʻzi haq boʻlgandir. Albatta ular ziyon koʻrguvchi boʻldilar.Ана ўшалар шундай кимсалардирки, уларнинг устига ўзларидан илгари ўтган инсу-жинсдан иборат (кофир) умматлар қаторида (азоб) Сўзи ҳақ бўлгандир. Албатта улар зиён кўргувчи бўлдилар.

504-sahifa · 26-juz · 51-hizb504-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَoʻshalardirkiўшалардиркиحَقَّhaq boʻldiҳақ бўлдиعَلَيْهِمُulargaуларгаٱلْقَوْلُ(azob) soʻzi(азоб) сўзиفِىٓqatoridaқаторидаأُمَمٍۢummatlarумматларقَدْbatahqiqбатаҳқиқخَلَتْoʻtganўтганمِن-dan-данقَبْلِهِمulardan avvalулардан аввалمِّنَjumladanжумладанٱلْجِنِّjinжинوَٱلْإِنسِ ۖva insва инсإِنَّهُمْalbatta, ularалбатта, уларكَانُوا۟boʻldilarбўлдиларخَـٰسِرِينَziyon koʻruvchilardanзиён кўрувчилардан
TafsirТафсир

Qayta tirilshini inkor etuvchilar, bunga oʻzlaridan avval oʻtgan ajdodlarning qayta tirilmayotganini dalil qilib keltirgan edilar. Bu oyatda esa:

«Ana oʻshalarga oʻzlaridan avval oʻtgan jin va ins ummatlari qatori (azob) soʻzi haq boʻlgandir», deyilmoqda.

Yaʼni, oxiratda qayta tirilishni inkor qilganlarga, inson boʻlsin, jin boʻlsin, avval oʻtsin, keyin oʻtsin–barcha-barchasiga Alloh taoloning azob soʻzi haq boʻlgan, uni qaytarib boʻlmaydi. Ularning azobga uchrashlari tayin. Zero, Allohning vaʼdasi amalga oshmay qolmaydi. Ana oʻsha vaʼda amalga oshadigan kunda:

«Albatta, ular ziyon koʻrguvchilardan boʻldilar».

Hidoyatda, iymonda yurgan, ota-onasini rozi qilganlarning va ularning aksicha kufrda, zalolatda oʻtgan, ota-onasiga oq boʻlganlarning umumiy hollari bayon qilinib boʻlgandan soʻng, keyingi keladigan oyati karimada ulardan har bir shaxsga alohida daqiq hisob-kitob, jazo-mukofot boʻlishi taʼkidlanadi.