QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят19

وَلِكُلٍّ دَرَجَـٰتٌ مِّمَّا عَمِلُوا۟ ۖ وَلِيُوَفِّيَهُمْ أَعْمَـٰلَهُمْ وَهُمْ لَا يُظْلَمُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir. Va ularga amallarining (mukofot yoki jazosi) to`liq berilur va ularga zulm qilinmas.Ҳар бирларига қилган амалларига яраша даражалар бордир. Ва уларга амалларининг (мукофот ёки жазоси) тўлиқ берилур ва уларга зулм қилинмас.Alauddin Mansour: (Moʻminlar va kofirlardan) har biri uchun oʻzlari qilgan amallari sababli daraja-martabalar bordir. Chunki (Alloh) ularga qilgan amallarini(ng mukofot va jazolarini) komil qilib berur va ularga zulm qilinmas.(Мўминлар ва кофирлардан) ҳар бири учун ўзлари қилган амаллари сабабли даража-мартабалар бордир. Чунки (Аллоҳ) уларга қилган амалларини(нг мукофот ва жазоларини) комил қилиб берур ва уларга зулм қилинмас.

504-sahifa · 26-juz · 51-hizb504-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَلِكُلٍّۢva har birlarigaва ҳар бирларигаدَرَجَـٰتٌۭdarajalar bordirдаражалар бордирمِّمَّاyarashaярашаعَمِلُوا۟ ۖqilgan amallarigaқилган амалларигаوَلِيُوَفِّيَهُمْva ularga toʻliq berilurва уларга тўлиқ берилурأَعْمَـٰلَهُمْamallarining (mukofati)амалларининг (мукофати)وَهُمْva ularва уларلَاemasэмасيُظْلَمُونَzulm qilinurlarзулм қилинурлар
TafsirТафсир

Ushbu oyatda har bir insonga bu dunyoda qilgan amaliga yarasha u dunyoda daraja berilishi taʼkidlanmoqda.

«Har birlariga qilgan amallariga yarasha darajalar bordir.»

Qiyomatda yaxshilarni jannatga, yomonlarni doʻzaxga kiritib yuborish bilan ularning ishi bitmasligi maʼlum boʻlmoqda. Zero, Allohning vaʼdasiga koʻra, har bir inson bu dunyoda qilgan amaliga qarab alohida darajaga ega boʻladi. Zarracha yaxshilik ham, zarracha yomonlik ham hisob-kitobdan chetda qolmaydi. Koʻp yaxshilik qilganlarning darajalari jannatda oliy boʻladi. Shuning uchun, yaxshilikni iloji boricha koʻproq qilishga urinish kerak. Aksincha, yomonlik qilganlar faqat doʻzaxga kirish bilan chegaralanib qolmaydi. Balki qilgan yomonligi zarracha boʻlsa ham, hisob- kitob qilinadi va shu jihatdan azobi qattiq yoki juda qattiq boʻladi. Demak, iloji boricha, yomonlikdan qochish kerak.

Oyatning ikkinchi qismidagi

«Va ularga amallarining (mukofot yoki jazosi) toʻliq berilur va ularga zulm qilinmas», degan jumladan murod ham shudir.

Soʻngra, haqiqat, adolat va yaxshilikni poymol etib, dunyo lazzatlariga berilib, takabburlikka ketganlar ogohlantiriladi.