وَيَوْمَ يُعْرَضُ ٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ عَلَى ٱلنَّارِ أَذْهَبْتُمْ طَيِّبَـٰتِكُمْ فِى حَيَاتِكُمُ ٱلدُّنْيَا وَٱسْتَمْتَعْتُم بِهَا فَٱلْيَوْمَ تُجْزَوْنَ عَذَابَ ٱلْهُونِ بِمَا كُنتُمْ تَسْتَكْبِرُونَ فِى ٱلْأَرْضِ بِغَيْرِ ٱلْحَقِّ وَبِمَا كُنتُمْ تَفْسُقُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Kufr keltirganlar do`zaxga ko`ndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib bo`lgansiz. Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur.Куфр келтирганлар дўзахга кўндаланг қилинган кунда (уларга): «Ҳаёти дунёдаёқ ҳузур-ҳаловатингизни кетказиб, мазасини татиб бўлгансиз. Бугунги кунда ер юзида ноҳақ кибру ҳаво ва фисқу фасод қилганингиз учун хорлик азоби ила жазоланурсиз», дейилур.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar doʻzaxga koʻndalang qilinadigan Kunda (ularga deyilur): «Sizlar oʻz huzur-halovatlaringizni hayoti dunyolaringizdayoq ketkazdingiz va ulardan foydalanib boʻldingiz. Endi Bugun Yerda nohaq kibru havo qilganlaringiz va itoatsiz boʻlganlaringiz sababli xorlik azobi bilan jazolanursizlar».Кофир бўлган кимсалар дўзахга кўндаланг қилинадиган Кунда (уларга дейилур): «Сизлар ўз ҳузур-ҳаловатларингизни ҳаёти дунёларингиздаёқ кетказдингиз ва улардан фойдаланиб бўлдингиз. Энди Бугун Ерда ноҳақ кибру ҳаво қилганларингиз ва итоатсиз бўлганларингиз сабабли хорлик азоби билан жазоланурсизлар».
Kofirlar, qayta tirilishni inkor qilganlar va boshqa barcha gunohkorlar qiyomat kuni doʻzaxga koʻndalang qilinganda, ular, albatta, qoʻrqib, boʻlari boʻladi. Ammo, azob yana ham ziyoda boʻlishi uchun, jismoniy qiynoqqa qoʻshib, maʼnaviy qiynoqqa ham duch keladilar. Zero, ularga, oʻlganning ustiga tepgandek, tahdidli taʼna soʻzlari aytiladi.
«Kufr keltirganlar doʻzaxga koʻndalang qilingan kunda (ularga): «Hayoti dunyodayoq huzur halovatingizni ketkazib, mazasini tatib boʻlgansiz...»
Bugun sizlarga hech qanday huzur, hech qanday halovat yoʻq, siz «Hayoti dunyodayoq huzur-halovatingizni ketkazib, mazasini tatib boʻlgansiz», deyiladi.
Chunki, ular «Bu dunyoda oʻynab qol, gunoh nima qiladi» kabi ahmoqona gapni oʻzlariga shior qilib yashaganlar. Besh kunlik dunyoda oʻynab, maza qilib olaylik, ertaga oʻlsak, hammasi ortda qoladi, tuproqqa qorishib ketamiz, deyishgan. Halol-haromning farqiga bormaganlar. Xullasi kalom, oxiratga hech narsa qoʻymay, bu dunyoda tugatib boʻlganlar. Shuning uchun, natija ham niyatlariga yarasha boʻlgan–ularga bu dunyoda maza boʻlib, oxiratga faqat azob qolgan.
«Bugungi kunda yer yuzida nohaq kibru havo va fisqu fasod qilganingiz uchun xorlik azobi ila jazolanursiz», deyilur.»
Qiyomat kunida ular xorlik azobi ila jazolanadilar. Chunki, ular bu dunyoda kibru havoda boʻlganlar. Kibr faqat Alloh taologa xos. Bandasining na kichik va na katta ishlarda takabburlikka haqqi yoʻq. Xorlik azobining yana bir sababi «fisqu fasod qilganingizda», yaʼni Allohning shariatidan chiqqaningizdadir. Alloh taolo takabburlikdan va shariatga xilof yoʻl tanlashdan Oʻzi saqlasin!
Kufr va shirk, Paygʻambarni tan olmaslik, Allohning aytganiga yurmaslik oqibatlari haqida qalbni larzaga soluvchi oyatlar ila bayon qilingandan soʻng Od qavmi va boshqa osiy qavmlar hayotidan jonli misollar keltiriladi.