QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят21

۞ وَٱذْكُرْ أَخَا عَادٍ إِذْ أَنذَرَ قَوْمَهُۥ بِٱلْأَحْقَافِ وَقَدْ خَلَتِ ٱلنُّذُرُ مِنۢ بَيْنِ يَدَيْهِ وَمِنْ خَلْفِهِۦٓ أَلَّا تَعْبُدُوٓا۟ إِلَّا ٱللَّهَ إِنِّىٓ أَخَافُ عَلَيْكُمْ عَذَابَ يَوْمٍ عَظِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla! Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar o`tgan. «U zotdan o`zgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulug` kunda boshingizga tushadigan azobdan qo`rqurman, (dedi)».Ўз қавмини қум тепаликларда огоҳлантирган Однинг биродарини эсла! Ва ҳолбуки, ундан аввал ҳам, кейин ҳам огоҳлантирувчилар ўтган. «У зотдан ўзгага ибодат қилманглар, албатта, мен улуғ кунда бошингизга тушадиган азобдан қўрқурман, (деди)».Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), Od (qabilasi)ning birodarini (yaʼni, Hud paygʻambarni) eslang! Oʻshanda u oʻzining qumtepalardagi qavmini: «Sizlar yolgʻiz Allohgagina ibodat qilinglar! Men haqiqatan, sizlarning ustingizda ulugʻ Kunning azobidan qoʻrqurman», deb ogohlantirgan edi, — darhaqiqat, undan ilgari ham, undan keyin ham ogohlantirguvchi (paygʻambar)lar oʻtgandir;(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), Од (қабиласи)нинг биродарини (яъни, Ҳуд пайғамбарни) эсланг! Ўшанда у ўзининг қумтепалардаги қавмини: «Сизлар ёлғиз Аллоҳгагина ибодат қилинглар! Мен ҳақиқатан, сизларнинг устингизда улуғ Куннинг азобидан қўрқурман», деб огоҳлантирган эди, — дарҳақиқат, ундан илгари ҳам, ундан кейин ҳам огоҳлантиргувчи (пайғамбар)лар ўтгандир;

505-sahifa · 26-juz · 51-hizb505-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ وَٱذْكُرْva eslaва эслаأَخَاbirodariniбиродариниعَادٍOdningОднингإِذْoʻshandaўшандаأَنذَرَogohlantirgan ediогоҳлантирган эдиقَوْمَهُۥoʻz qavminiўз қавминиبِٱلْأَحْقَافِqum tepaliklardaқум тепаликлардаوَقَدْva holbuki, batahqiqва ҳолбуки, батаҳқиқخَلَتِoʻtganўтганٱلنُّذُرُogohlantiruvchilarогоҳлантирувчиларمِنۢ-dan-данبَيْنِavvalаввалيَدَيْهِundanунданوَمِنْva -danва -данخَلْفِهِۦٓundan keyinундан кейинأَلَّاemas, debэмас, дебتَعْبُدُوٓا۟ibodat qilinglarибодат қилингларإِلَّاfaqatфақатٱللَّهَAllohgaАллоҳгаإِنِّىٓalbatta, menалбатта, менأَخَافُqoʻrqurmanқўрқурманعَلَيْكُمْsizlar uchunсизлар учунعَذَابَazobdanазобданيَوْمٍkunningкуннингعَظِيمٍۢulugʻулуғ
TafsirТафсир

Oyatdagi «Odning birodaridan» murod Paygʻambar Hud alayhissalomdir. U kishi oʻz qavmi Odga Alloh tomonidan Paygʻambar qilib yuborilganlar. Od qavmi «Boida» arablaridan boʻlib, asli Arabiston yarim orolining janubida, Hazaramavt tomonda, balandlik-qumtepa joylarda yashagan. Bundoq joylarni arab tilida «Ahqof» deyiladi. Ushbu surai karimaning nomi mana shu oyatdan olingan. (Ismoil alayhissalomdan avval oʻtgan arablarni «Boida» arablari deyiladi.)

Alloh taolo Paygʻambarimiz alayhissalomga xitob qilib:

«Oʻz qavmini qum tepaliklarda ogohlantirgan Odning birodarini esla!» demoqda.

Hud alayhisalom ogohlantiruvchi–Paygʻambar boʻlishlari yangilik emasdi. U kishidan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar–Paygʻambarlar oʻtgan.

«Va holbuki, undan avval ham, keyin ham ogohlantiruvchilar oʻtgan.»

Oʻshalarga oʻxshab Hud alayhissalom ham oʻz qavmlarini Allohdan oʻzgaga ibodat qilmaslikka chaqirdilar. Hamda «ulugʻ kun»– qiyomat azobidan ogohlantirdilar:

«U zotdan oʻzgaga ibodat qilmanglar, albatta, men ulugʻ kunda boshingizga tushadigan azobdan qoʻrqurman, (dedi)».

Ammo Od qavmi oʻz Paygʻambarlari Hud alayhissalomning ogohlantirishlariga qoʻpol javob berganlar: