قَالُوٓا۟ أَجِئْتَنَا لِتَأْفِكَنَا عَنْ ءَالِهَتِنَا فَأْتِنَا بِمَا تَعِدُنَآ إِن كُنتَ مِنَ ٱلصَّـٰدِقِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi? Agar rostgo`ylardan bo`lsang, bizga va'da qilayotgan narsangni keltir», dedilar.Улар: «Бизни худоларимиздан оздиришга келдингми? Агар ростгўйлардан бўлсанг, бизга ваъда қилаётган нарсангни келтир», дедилар.Alauddin Mansour: Ular: «Sen bizlarni xudolarimizdan burish (yuz oʻgirtirish) uchun keldingmi?! U holda agar rostgoʻy kishilardan boʻlsang, bizlarga vaʼda qilayotgan narsangni (yaʼni, Allohning azobini) keltirgan-chi?», dedilar.Улар: «Сен бизларни худоларимиздан буриш (юз ўгиртириш) учун келдингми?! У ҳолда агар ростгўй кишилардан бўлсанг, бизларга ваъда қилаётган нарсангни (яъни, Аллоҳнинг азобини) келтирган-чи?», дедилар.
Sarkash qavm, mushriklar «faqat Allohgagina ibodat qilishga» daʼvat etilsalar, doimo, daʼvatchi oʻz foydasini koʻzlab, bizning mavqeimizni pastlatmoqchi, boʻlmasa, nima uchun avvaldan oʻrganib qolgan narsalarimizdan qaytaradi, degan badgumonlikka boradilar. Hud alayhissalomga:
«Ular: «Bizni xudolarimizdan ozdirishga keldingmi?»–dedilar.
Haqiqatni oʻz joyida tushungilari kelmadi. Ogohlantiruvchining soʻzlariga istehzo bilan qaradilar va qoʻlingdan kelsa, osmonni tashlab yubor, qabilida ish tutib:
«Agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir», dedilar».
Yaʼni, biz dinga yurmasak, azobga qolishimizni aytayapsan, qani oʻsha azobing, keltir, gaping rost boʻlsa, deyishdi. Od qavmi Hud alayhissalomga qanday muomala qilganlarini yuqoridagi oyatdan bilib oldik.
Ammo Hud alayhissalom bu qoʻpollik, dagʻallik va kiborlikni Paygʻambarlik odobi ila qabul etib, oʻz vazifalarini sadoqat ila ado etayotganlarini bayon qildilar: