QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят23

قَالَ إِنَّمَا ٱلْعِلْمُ عِندَ ٱللَّهِ وَأُبَلِّغُكُم مَّآ أُرْسِلْتُ بِهِۦ وَلَـٰكِنِّىٓ أَرَىٰكُمْ قَوْمًا تَجْهَلُونَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U: «Albatta, ilm Allohning huzuridadir. Men nima bilan yuborilgan bo`lsam, shuni yetkazmoqdaman. Lekin sizlarning johil qavmligingizni ko`rib turibman», dedi.У: «Албатта, илм Аллоҳнинг ҳузуридадир. Мен нима билан юборилган бўлсам, шуни етказмоқдаман. Лекин сизларнинг жоҳил қавмлигингизни кўриб турибман», деди.Alauddin Mansour: U aytdi: «(Azob kelar vaqtning) bilimi yolgʻiz Alloh huzuridadir. Men sizlarga oʻzim elchi qilib yuborilgan dinni yetkazurman. Lekin men sizlarni nodon qavm ekanligingizni koʻrmoqdaman».У айтди: «(Азоб келар вақтнинг) билими ёлғиз Аллоҳ ҳузуридадир. Мен сизларга ўзим элчи қилиб юборилган динни етказурман. Лекин мен сизларни нодон қавм эканлигингизни кўрмоқдаман».

505-sahifa · 26-juz · 51-hizb505-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالَdediдедиإِنَّمَاalbatta, faqatалбатта, фақатٱلْعِلْمُilmилмعِندَhuzuridadirҳузуридадирٱللَّهِAllohningАллоҳнингوَأُبَلِّغُكُمva sizga yetkazmoqdamanва сизга етказмоқдаманمَّآnimaniниманиأُرْسِلْتُyuborilgan boʻlsamюборилган бўлсамبِهِۦu bilanу биланوَلَـٰكِنِّىٓlekin menлекин менأَرَىٰكُمْsizlarni koʻrib turibmanсизларни кўриб турибманقَوْمًۭاqavm (sifatida)қавм (сифатида)تَجْهَلُونَjohillik qilayotganжоҳиллик қилаётган
TafsirТафсир

Kofirlar Paygʻambar Hud alayhissalomdan vaʼda qilinayotgan azobni tezroq keltirishni talab qilishdi.

Paygʻambar Hud alayhissalom esa, quyidagi javobni berdilar:

«U: «Albatta, ilm Allohning huzuridadir».

Yaʼni, sizga vaʼda qilingan azobning qachon kelishi haqidagi ilm Allohning huzurida. Men ul azobni keltira olmayman va uning qachon kelishini ham bilmayman, dedilar va soʻzlarida davom etib:

«Men nima bilan yuborilgan boʻlsam, shuni yetkazmoqdaman»,

yaʼni, menga sizlarni ogohlantirish topshirilgan edi, shuni bajardim, dedilar.

«Lekin sizlarning johil qavmligingizni koʻrib turibman», dedi.»

Lekin shuni ochiq aytishim kerakki, sizlarning oʻzingizni tutishingizdan, qilayotgan muomalangizdan, ogohlantiruvchiga ishonmaganingizdan, oʻtaketgan johil ekaningizni koʻrib-bilib turibman.

Shundan soʻng, «Ahqof» surasi siyoqi boʻyicha, Paygʻambar bilan sarkash qavm oʻrtasidagi uzoq tortishuvni bayon qilib oʻtirmay, bu qavmning oqibati nima boʻlgani aytib qoʻya qolinadi.