فَلَمَّا رَأَوْهُ عَارِضًا مُّسْتَقْبِلَ أَوْدِيَتِهِمْ قَالُوا۟ هَـٰذَا عَارِضٌ مُّمْطِرُنَا ۚ بَلْ هُوَ مَا ٱسْتَعْجَلْتُم بِهِۦ ۖ رِيحٌ فِيهَا عَذَابٌ أَلِيمٌ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U(azob)ning vodiylari tomon ko`ndalang bo`lib yurganini ko`rishganda, bu ko`ndalang bo`luvchi bizga yomg`ir yog`dirur, deyishdi. Yo`q! Bu, o`zingiz orziqib so`ragan narsa, alamli azobi bor bo`rondir.У(азоб)нинг водийлари томон кўндаланг бўлиб юрганини кўришганда, бу кўндаланг бўлувчи бизга ёмғир ёғдирур, дейишди. Йўқ! Бу, ўзингиз орзиқиб сўраган нарса, аламли азоби бор бўрондир.Alauddin Mansour: Bas, qachonki, ular oʻsha (azob)ni oʻz vodiylariga qarab kelayotgan bir qora bulut holida koʻrishgach: «Bu bizlarga yomgʻir keltirguvchi bulutdir», dedilar. «Yoʻq, u oʻzlaringiz shoshtirgan narsa — bir boʻronki, unda alamli azob bordir.Бас, қачонки, улар ўша (азоб)ни ўз водийларига қараб келаётган бир қора булут ҳолида кўришгач: «Бу бизларга ёмғир келтиргувчи булутдир», дедилар. «Йўқ, у ўзларингиз шоштирган нарса — бир бўронки, унда аламли азоб бордир.
Rivoyatlarda kelishicha, Od qavmi qattiq issiqqa duchor boʻlgan, uzoq vaqt yomgʻir yogʻmay, qurgʻoqchilik va issiq taʼsiridan havo tandirga aylangan.
Imom Ahmad ibn Hanbal rivoyat qilgan uzun hadisda bu voqealar haqida shunday deyiladi:
«...Od qavmi qurgʻoqchilikka uchraganida Qiyn ismli odamni vakil qilib yuborishibdi. U Muoviya ibn Bakirning oldiga boribdi va huzurida bir oy mehmon boʻlibdi. Aroq ichib, Jaradatani ismli ikki joriyadan qoʻshiqlar eshitibdi. Bir oy oʻtgandan soʻng Muhra togʻiga chiqib, duo qilib:
«Ey bor xudoyo! Oʻzing bilasan, men bir kasalni davolagani kelganim yoʻq yoki bir asirni ozod qilganim ham yoʻq. Ey bor xudoyo! Od qavmini Oʻzing serob qiladigan narsa ila serob qilgin», debdi. Shunda uning tepasidan bir qancha qora bulutlar oʻta boshlabdi va ulardan:
«Tanlab ol», degan ovoz chiqibdi. U bir qora bulutga ishora qilibdi. Shunda:
«Ol oʻshani», degan nido kelibdi...»
«U(azob)ni vodiylari tomon koʻndalang boʻlib yurganini koʻrishganda, bu koʻndalang boʻluvchi bizga yomgʻir yogʻdirur, deyishdi.»
Oyatdagi, vodiylari tomon, yaʼni, Od qabilasining vodiylari tomon koʻndalang boʻlgan narsa oʻsha azob bulutidir. Albatta, bu holni koʻrgan qavm, endi qurgʻoqchilikdan qutulamiz ekan, deb xursand boʻldilar va:
«...bu koʻndalang boʻluvchi bizga yomgʻir yogʻdirur, deyishdi».
Lekin ilohiy raddiya boshqa xabarni keltirdi:
«Yoʻq!»
Siz aytgandek emas, oʻzingiz Hud Paygʻambarga, agar rostgoʻylardan boʻlsang, bizga vaʼda qilayotgan narsangni keltir, deb shoshilib, orziqib soʻragan edingiz.
«Bu, oʻzingiz orziqib soʻragan narsa, alamli azobi bor boʻrondir.»
Bu, siz aytayotgandek, yomgʻir yogʻdiradigan bulut emas. Bu, oʻzingiz orziqib soʻragan narsangiz, azobdir. Bu azob, alamli azobni oʻz ichiga olgan boʻrondir, deyildi.
Ushbu boʻronning vasfi va oqibati kelasi oyatda bayon qilinadi: