QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят25

تُدَمِّرُ كُلَّ شَىْءٍۭ بِأَمْرِ رَبِّهَا فَأَصْبَحُوا۟ لَا يُرَىٰٓ إِلَّا مَسَـٰكِنُهُمْ ۚ كَذَٰلِكَ نَجْزِى ٱلْقَوْمَ ٱلْمُجْرِمِينَ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: U, Robbisining amri ila har bir narsani vayron qilur. Bas, maskanlaridan boshqa narsa ko`rinmay qoldi. Jinoyatchi qavmlarni shundoq jazolarmiz.У, Роббисининг амри ила ҳар бир нарсани вайрон қилур. Бас, масканларидан бошқа нарса кўринмай қолди. Жиноятчи қавмларни шундоқ жазолармиз.Alauddin Mansour: U Parvardigorining amri bilan barcha narsani vayron (halok) qilur. Bas, (u boʻron kelib, Od qabilasidagi kofirlarning oʻzlarini ham, mol-hollarini ham halok qildi. Barchalari qirilib bitib), tong otganida, faqat ularning uy-joylarigina koʻzga tashlanar edi. Biz jinoyatchi-osiy qavmni mana shunday jazolaymiz.У Парвардигорининг амри билан барча нарсани вайрон (ҳалок) қилур. Бас, (у бўрон келиб, Од қабиласидаги кофирларнинг ўзларини ҳам, мол-ҳолларини ҳам ҳалок қилди. Барчалари қирилиб битиб), тонг отганида, фақат уларнинг уй-жойларигина кўзга ташланар эди. Биз жиноятчи-осий қавмни мана шундай жазолаймиз.

505-sahifa · 26-juz · 51-hizb505-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
تُدَمِّرُvayron qilurвайрон қилурكُلَّhar birҳар бирشَىْءٍۭnarsaniнарсаниبِأَمْرِamri ilaамри илаرَبِّهَاRobbisiningРоббисинингفَأَصْبَحُوا۟bas, shunday boʻldilarkiбас, шундай бўлдиларкиلَاemasэмасيُرَىٰٓkoʻrinurкўринурإِلَّاfaqatфақатمَسَـٰكِنُهُمْ ۚmaskanlaridan boshqaмасканларидан бошқаكَذَٰلِكَshundoqшундоқنَجْزِىjazolaymizжазолаймизٱلْقَوْمَqavmlarniқавмларниٱلْمُجْرِمِينَjinoyatchiжиноятчи
TafsirТафсир

Od qavmiga yuborilgan shamol alohida azob shamoli edi. U, Allohning amri ila nimaga tegsa, vayron (halok) qilishi kerak edi. Shu bilan birga, Paygʻambarimizdan qilingan rivoyatda aytilishicha, shunday boʻlgani bilan, bu boʻron bor-yoʻgʻi bir uzukning teshigiday joydan chiqqan, xolos. Darhaqiqat, shamol Od qavmini halok qildi, u oʻtgan joylardagi maskanlardan (uylardan) boshqa hech narsa qolmadi. Qavm-ning hammasi halok boʻldi. Har doim Alloh taolo jinoyatchi qavmlarni shunday jazolaydi. Ammo insonlar biroz shoshadilar, xolos.

Ushbu voqea misolida Alloh Makka mushriklariga xitob qilib, Od qavmining xatosini takrorlamaslikka undaydi: