وَلَقَدْ مَكَّنَّـٰهُمْ فِيمَآ إِن مَّكَّنَّـٰكُمْ فِيهِ وَجَعَلْنَا لَهُمْ سَمْعًا وَأَبْصَـٰرًا وَأَفْـِٔدَةً فَمَآ أَغْنَىٰ عَنْهُمْ سَمْعُهُمْ وَلَآ أَبْصَـٰرُهُمْ وَلَآ أَفْـِٔدَتُهُم مِّن شَىْءٍ إِذْ كَانُوا۟ يَجْحَدُونَ بِـَٔايَـٰتِ ٱللَّهِ وَحَاقَ بِهِم مَّا كَانُوا۟ بِهِۦ يَسْتَهْزِءُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik. Hamda quloq, ko`z va qalblar ato etdik. Bas, na quloqlari, na ko`zlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar. Bas, ularni o`zlari masxara qilgan narsa (azob) o`rab oldi.Ва, дарҳақиқат, Биз уларга сизга бермаган имконларни берган эдик. Ҳамда қулоқ, кўз ва қалблар ато этдик. Бас, на қулоқлари, на кўзлари ва на қалблари уларга ҳеч бир фойда бермади. Чунки, улар Аллоҳнинг оятларини инкор қилган эдилар. Бас, уларни ўзлари масхара қилган нарса (азоб) ўраб олди.Alauddin Mansour: Holbuki, (ey Makka ahli), Biz ularni (mol-dunyo va kuch-quvvat jihatidan) sizlarni qodir qilmagan narsalarga qodir qilgan edik va ularga ham quloq, koʻz va dillar (ato) qilgan edik. (Lekin) ular Allohning oyat-moʻʼjizalarini inkor etganlari uchun ularga quloq-koʻzlari ham, dillari ham biron foyda bermadi (yaʼni, Haq yoʻlni koʻrib-idrok qila olmadilar). Va ularni oʻzlari masxara qilib kulgan narsalari (Allohning azobi) oʻrab oldi.Ҳолбуки, (эй Макка аҳли), Биз уларни (мол-дунё ва куч-қувват жиҳатидан) сизларни қодир қилмаган нарсаларга қодир қилган эдик ва уларга ҳам қулоқ, кўз ва диллар (ато) қилган эдик. (Лекин) улар Аллоҳнинг оят-мўъжизаларини инкор этганлари учун уларга қулоқ-кўзлари ҳам, диллари ҳам бирон фойда бермади (яъни, Ҳақ йўлни кўриб-идрок қила олмадилар). Ва уларни ўзлари масхара қилиб кулган нарсалари (Аллоҳнинг азоби) ўраб олди.
Ushbu oyati karimada Alloh taolo Makka mushriklariga xitob qilib, ularni oʻzlaridan avval oʻtgan Od qavmiga taqqoslab koʻrishga undamoqda. Od qavmi ham oʻtgan zamonda oʻz Paygʻambarlari Hud alayhissalomga xuddi Makka mushriklari Muhammad alayhissalomga kufr keltirayotganlariga oʻxshab kufr keltirgan edilar. Ammo, oralarida farq ham bor edi.
«Va, darhaqiqat, Biz ularga sizga bermagan imkonlarni bergan edik.»
Yaʼni, Alloh taolo Od qavmiga Makka mushriklariga bermagan imkonlarni bergan edi. Ha, shuncha imkonlarga ega boʻlsalar ham, kufrlari sababli halok boʻldilar. Imkonlari ularni Allohning azobidan saqlab qola olmadi. Endi, ulardan koʻra imkoni oz boʻlgan Makka mushriklari oʻzlari bilib olaversinlar.
«Hamda quloq, koʻz va qalblar ato etdik.»
Oʻsha Od qavmiga bergan imkoniyatlarimizdan tashqari, eshitib ibrat olsin deb, quloq, koʻrib ibrat olsin deb, koʻz, aql yuritib ibrat olsin deb, qalblar berdik. Lekin, afsuski,
«Bas, na quloqlari, na koʻzlari va na qalblari ularga hech bir foyda bermadi. Chunki, ular Allohning oyatlarini inkor qilgan edilar».
Ha, qaysi bir inson Allohning oyatlarini inkor qilar ekan, unga na quloqlari, na koʻzlari va na qalbi hech bir foyda bermaydi. Od qavmi ham xuddi shundoq boʻldi. Oqibatda:
«Bas, ularni oʻzlari masxara qilgan narsa (azob) oʻrab oldi».
Ey, Makka mushriklari, ogoh boʻlinglar, vaqt borida oʻzingizni oʻnglab olinglar. Boʻlmasa, Od qavmiga oʻxshab sizlarni ham azob oʻrab olishi hech gap emas.
Oyatdagi xitob Makka mushriklariga qaratilgan boʻlsa ham, hukmi hammaga barobardir. Yaʼni aqlli, koʻzli, quloqli insonlar ibrat olishlari lozimki, quvvati bor quvvati ila, molu dunyosi bor moli ila, ilmi bor ilmi ila, mansabi bor mansabi ila gʻururga ketishi yaxshilikka olib bormaydi. Bu narsalar har qancha yuqori darajaga yetgan boʻlsa ham, Allohning azobidan saqlay olmas ekan.
Endi Od va undan boshqa qavmlarning halokatga uchraganidan ibrat olishga daʼvat etuvchi oyatlar keladi.