وَلَقَدْ أَهْلَكْنَا مَا حَوْلَكُم مِّنَ ٱلْقُرَىٰ وَصَرَّفْنَا ٱلْـَٔايَـٰتِ لَعَلَّهُمْ يَرْجِعُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Haqiqatan, atrofingizdagi shahar-qishloqlarni halokatga uchratdik va shoyadki, o`zlariga qaytsalar, deb hujjat-dalillarni bayon qildik.Ҳақиқатан, атрофингиздаги шаҳар-қишлоқларни ҳалокатга учратдик ва шоядки, ўзларига қайтсалар, деб ҳужжат-далилларни баён қилдик.Alauddin Mansour: (Ey Makka ahli), aniqki, Biz sizlarning atrofingizdagi qishloq-shaharlarni halok qildik. Biz ularga shoyad (kufru isyonlaridan) qaytsalar, deb oyat-moʻʼjizalarni batafsil bayon qilgan edik, (lekin ular qaytmay halokatga duchor boʻldilar).(Эй Макка аҳли), аниқки, Биз сизларнинг атрофингиздаги қишлоқ-шаҳарларни ҳалок қилдик. Биз уларга шояд (куфру исёнларидан) қайтсалар, деб оят-мўъжизаларни батафсил баён қилган эдик, (лекин улар қайтмай ҳалокатга дучор бўлдилар).
Bu oyatda Alloh taolo Makka mushriklariga oʻzlari xabardor boʻlgan hodisalarni, ularning atrofida yashab oʻtgan, kufri va inkori tufayli halokatga uchragan Od, Samud, Sabaʼ va Lut qavmlarini eslatmoqda.
«Haqiqatan, atrofingizdagi shahar-qishloqlarni halokatga uchratdik...»
Alloh taolo, shoyad, ular kufrdan iymonga, zulmdan adolatga, tugʻyondan rushdi hidoyatga qaytsalar, deb hujjat va dalillar, oyat va moʻʼjizalar keltirsa ham, ular qaytmadilar.
«…...va shoyadki, oʻzlariga qaytsalar, deb hujjat-dalillarni bayon qildik.»