فَلَوْلَا نَصَرَهُمُ ٱلَّذِينَ ٱتَّخَذُوا۟ مِن دُونِ ٱللَّهِ قُرْبَانًا ءَالِهَةًۢ ۖ بَلْ ضَلُّوا۟ عَنْهُمْ ۚ وَذَٰلِكَ إِفْكُهُمْ وَمَا كَانُوا۟ يَفْتَرُونَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qani endi, Allohni qo`yib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi. Yo`q! Ular g`oyib bo`ldilar. Va bu ularning uydirma hamda to`qigan bo`htonlaridir.Қани энди, Аллоҳни қўйиб, У зотга яқинлаштирувчи деб тутинган «худолари» уларга ёрдам берсалар эди. Йўқ! Улар ғойиб бўлдилар. Ва бу уларнинг уйдирма ҳамда тўқиган бўҳтонларидир.Alauddin Mansour: Axir oʻzlari Allohni qoʻyib, (Allohga) yaqin qiladigan «xudo»lar, deb ushlab olgan — sigʻingan butlari (halokatdan qutulishlari uchun) ularga yordam bersalar boʻlmasmidi?! Yoʻq, u (butlar mushriklardan yordamga muhtoj boʻlgan vaqtlarida) gʻoyib boʻlib qolishdi. Bu (yaʼni, butlar butparastlarni Allohga yaqin qiladi, degan aqida) ularning uydirmalaridir va (Alloh shaʼniga) toʻqib olgan boʻhtonlaridir.Ахир ўзлари Аллоҳни қўйиб, (Аллоҳга) яқин қиладиган «худо»лар, деб ушлаб олган — сиғинган бутлари (ҳалокатдан қутулишлари учун) уларга ёрдам берсалар бўлмасмиди?! Йўқ, у (бутлар мушриклардан ёрдамга муҳтож бўлган вақтларида) ғойиб бўлиб қолишди. Бу (яъни, бутлар бутпарастларни Аллоҳга яқин қилади, деган ақида) уларнинг уйдирмаларидир ва (Аллоҳ шаънига) тўқиб олган бўҳтонларидир.
Avvalgi oyatlarni oʻrganish jarayonida tushunganimizdek, mushriklar butu sanamlarga, bular bizni katta xudoga yaqinlashtiradilar, shafoat qiladilar, deb eʼtiqod qilar edilar. Ularning fikrlaricha, bu soxta xudolar doimo homiy boʻlib, oʻzlariga sigʻinganlarni balo-ofatlardan saqlab qolishlari, ogʻir paytlarda yordamga kelishlari lozim edi. Ammo eng kerak paytda–qiyomat qoim boʻlib, ularga sigʻinganlarning barchasi qiyin holda qolganda, doʻzaxga hukm qilinganlarida, dahshatga tushib, yordamchi, homiy axtarib xoru zor boʻlganlarida, u butlar zarracha yordam berolmaydilar. Shuning uchun ham, oyati karimada:
«Qani endi, Allohni qoʻyib, U zotga yaqinlashtiruvchi deb tutingan «xudolari» ularga yordam bersalar edi», deyilyapti.
Odamlarning qoʻli bilan yasalgan jonsiz narsalar, ularga nima deb eʼtiqod qilinsa ham, hech qachon yordam bera olmaydilar. Yoki yordam berarmikanlar?
«Yoʻq! Ular gʻoyib boʻldilar.»
Yordam berish qayoqda! Ular butunlay gʻoyib boʻlib, gumdon boʻlib ketishdi. Chunki, bu asli yoʻq narsadir. Aqlga toʻgʻri kelmaydigan narsadir.
«Va bu ularning uydirma hamda toʻqigan boʻhtonlaridir.»
Mushriklik, munkirlik, iymonsizlik insonga or boʻladigan ish ekanini, kufru shirk hech oqlab boʻlmaydigan jinoyat ekanini yana bir bor taʼkidlash uchun keyingi oyatlarda jinlarning Qurʼonni bir bora eshitiboq iymonga kelganliklari hamda oʻz qavmlarini ham Islomga chaqirganliklari voqeasi bayon qilinadi: