وَإِذْ صَرَفْنَآ إِلَيْكَ نَفَرًا مِّنَ ٱلْجِنِّ يَسْتَمِعُونَ ٱلْقُرْءَانَ فَلَمَّا حَضَرُوهُ قَالُوٓا۟ أَنصِتُوا۟ ۖ فَلَمَّا قُضِىَ وَلَّوْا۟ إِلَىٰ قَوْمِهِم مُّنذِرِينَ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va sen tomon bir guruh jinlarni Qur'on eshitishga burganimizni esla. U(Qur'on eshitish)ga hozir bo`lganlarida: «Jim, quloq osinglar!» – dedilar. Qachonki, qiroat oxirlaganda, o`z qavmlariga ogohlantiruvchi bo`lib qaytdilar.Ва сен томон бир гуруҳ жинларни Қуръон эшитишга бурганимизни эсла. У(Қуръон эшитиш)га ҳозир бўлганларида: «Жим, қулоқ осинглар!» – дедилар. Қачонки, қироат охирлаганда, ўз қавмларига огоҳлантирувчи бўлиб қайтдилар.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), eslang, Biz sizning oldingizda bir guruh jinlarni Qurʼon tinglasinlar, deb yuborgan edik. Bas, qachonki ular (Qurʼon tilovatiga) hozir boʻlishgach, (bir-birlariga): «Jim turinglar», dedilar. Endi qachonki (tilovat) tugatilgach, ular oʻz qavmlari oldiga ogohlantirguvchi boʻlgan hollarida qaytib ketdilar.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), эсланг, Биз сизнинг олдингизда бир гуруҳ жинларни Қуръон тингласинлар, деб юборган эдик. Бас, қачонки улар (Қуръон тиловатига) ҳозир бўлишгач, (бир-бирларига): «Жим туринглар», дедилар. Энди қачонки (тиловат) тугатилгач, улар ўз қавмлари олдига огоҳлантиргувчи бўлган ҳолларида қайтиб кетдилар.
Oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, jinlarning Qurʼonga quloq osishlari toʻsatdan, kutilmaganda sodir boʻlmagan, balki ularni Alloh taoloning Oʻzi burib qoʻygan. Bu fazlni Paygʻambar alayhissalomga ham eslatmoqda.
«Va sen tomon bir guruh jinlarni Qurʼon eshitishga burganimizni esla.»
Jinlar Qurʼonni eshitishga hozir boʻlganlarida, insonlarga oʻxshab, bu–oʻtganlarning afsonalari, sehr, sheʼr yoki uydirma, deb oʻtirmadilar, balki:
«U(Qurʼon eshitish)ga hozir boʻlganlarida: «Jim, quloq osinglar!» – dedilar».
Ushbu omil ularning baxtiga sabab boʻldi. Avval yaxshilab quloq osdilar, haqni botildan ajratishga urindilar. Haqiqatni tushunib yetganlaridan soʻng esa, zudlik bilan iymon keltirdilar. Iymon qalblaridan joy olgach, bu ulkan neʼmatni oʻz qavmlari bilan baham koʻrishga shoshilib:
«Qachonki, qiroat oxirlaganda, oʻz qavmlariga ogohlantiruvchi boʻlib qaytdilar».
Va: