QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Ahqaf surasi · Oyatсураси · Оят30

قَالُوا۟ يَـٰقَوْمَنَآ إِنَّا سَمِعْنَا كِتَـٰبًا أُنزِلَ مِنۢ بَعْدِ مُوسَىٰ مُصَدِّقًا لِّمَا بَيْنَ يَدَيْهِ يَهْدِىٓ إِلَى ٱلْحَقِّ وَإِلَىٰ طَرِيقٍ مُّسْتَقِيمٍ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular: «Ey qavmimiz! Biz Musodan keyin tushirilgan, o`zidan avvalgi narsa(kitoblar)ni tasdiqlovchi, haq(din)ga va to`g`ri yo`lga hidoyat qiluvchi kitobni eshitdik.Улар: «Эй қавмимиз! Биз Мусодан кейин туширилган, ўзидан аввалги нарса(китоблар)ни тасдиқловчи, ҳақ(дин)га ва тўғри йўлга ҳидоят қилувчи китобни эшитдик.Alauddin Mansour: Ular dedilar: «Ey qavmimiz, darhaqiqat, bizlar Musodan keyin nozil qilingan, oʻzidan oldingi (ilohiy kitob)larni tasdiq qilguvchi boʻlgan, Haq (din)ga va Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qiladigan bir Kitobni — Qurʼonni tingladik.Улар дедилар: «Эй қавмимиз, дарҳақиқат, бизлар Мусодан кейин нозил қилинган, ўзидан олдинги (илоҳий китоб)ларни тасдиқ қилгувчи бўлган, Ҳақ (дин)га ва Тўғри Йўлга ҳидоят қиладиган бир Китобни — Қуръонни тингладик.

506-sahifa · 26-juz · 51-hizb506-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
قَالُوا۟dedilarдедиларيَـٰقَوْمَنَآey qavmimizэй қавмимизإِنَّاalbatta, bizалбатта, бизسَمِعْنَاeshitdikэшитдикكِتَـٰبًاkitobniкитобниأُنزِلَtushirilganтуширилганمِنۢ-dan-данبَعْدِkeyinкейинمُوسَىٰMusoМусоمُصَدِّقًۭاtasdiqlovchiтасдиқловчиلِّمَاnarsalarniнарсаларниبَيْنَavvalgiаввалгиيَدَيْهِoʻzidanўзиданيَهْدِىٓhidoyat qiluvchiҳидоят қилувчиإِلَى-ga-гаٱلْحَقِّhaq(din)ҳақ(дин)وَإِلَىٰva -gaва -гаطَرِيقٍۢyoʻlйўлمُّسْتَقِيمٍۢtoʻgʻriтўғри
TafsirТафсир

Oyatdan maʼlum boʻlyaptiki, jinlar Muso Paygʻambarni va u kishiga tushirilgan kitobni ham bilar ekanlar. Ular ilk eshitgan oyatlarida Muso alayhissalom hamda u zotga nozil qilingan Tavrot kitobi haqida gap bormagan boʻlsa ham, eshitgan oyatlarining maʼnosi, dalolati, uslubi va boshqa jihatlari bilan Qurʼon ham Musoga tushirilgan kitobni tasdiqlovchi ilohiy kitob ekanligini tushunib yetganlar. Eng muhimi, jinlar Qurʼoni Karim oyatlarining zavqidan, taʼsiridan, halovatidan uning toʻgʻri yoʻlga boshlashini bilganlar va qavmlariga ham bu haqda xabar berganlar.

Soʻngra, tushunib yetgan shaxs sifatida, ogohlantirish zarurligini anglab yetgan vakil sifatida, oʻz qavmlarini ogohlantira boshlaganlar. Ular oʻz soʻzlarining davomida yana quyidagilarni aytdilar: