يَـٰقَوْمَنَآ أَجِيبُوا۟ دَاعِىَ ٱللَّهِ وَءَامِنُوا۟ بِهِۦ يَغْفِرْ لَكُم مِّن ذُنُوبِكُمْ وَيُجِرْكُم مِّنْ عَذَابٍ أَلِيمٍ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey qavmimiz, Allohning da'vatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring. U sizlarning gunohlaringizni mag`firat qilar va alamli azobdan saqlar.Эй қавмимиз, Аллоҳнинг даъватчисига жавоб беринг ва Унга иймон келтиринг. У сизларнинг гуноҳларингизни мағфират қилар ва аламли азобдан сақлар.Alauddin Mansour: Ey qavmimiz, Allohga daʼvat qilguvchi (Muhammad alayhis-salotu vas-salomning daʼvati)ni qabul qilinglar va unga iymon keltiringlar, (shunda Alloh) sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qilur va sizlarga alamli azobdan panoh berur.Эй қавмимиз, Аллоҳга даъват қилгувчи (Муҳаммад алайҳис-салоту вас-саломнинг даъвати)ни қабул қилинглар ва унга иймон келтиринглар, (шунда Аллоҳ) сизларнинг гуноҳларингизни мағфират қилур ва сизларга аламли азобдан паноҳ берур.
Jinlar Qurʼoni Karimdan baʼzi oyatlarni tinglashlari bilanoq, uning insonlaru jinlarga yuborilgan ilohiy kitob ekanligini tushunib yetganlar. Shuningdek, Muhammad alayhissalomning Allohning daʼvatchisi ekanliklarini, u zotning chaqiriqlariga javob berish lozimligi, Allohga iymon keltirish vojibligini ham anglab yetganlar.
«Ey qavmimiz, Allohning daʼvatchisiga javob bering va Unga iymon keltiring.»
Eng muhimi, jinlar Paygʻambarimiz alayhissalomning qiroatlarini eshitganlaridan soʻng, oxiratni, qiyomat kunini bilganlar, unda alamli azoblar borligini, Allohga iymongina u azobdan saqlab qolishi mumkinligini fahmlaganlar.
«U, sizlarning gunohlaringizni magʻfirat qilar va alamli azobdan saqlar.»
Afsuski, insonlar bu borada jinlarchalik ham emaslar.
Jinlar oʻz qavmlariga qilayotgan daʼvatlari oxirida Allohga va Uning Paygʻambariga iymon keltirmaslikning oqibati nima boʻlishini bayon qiladilar: