QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят10

۞ أَفَلَمْ يَسِيرُوا۟ فِى ٱلْأَرْضِ فَيَنظُرُوا۟ كَيْفَ كَانَ عَـٰقِبَةُ ٱلَّذِينَ مِن قَبْلِهِمْ ۚ دَمَّرَ ٱللَّهُ عَلَيْهِمْ ۖ وَلِلْكَـٰفِرِينَ أَمْثَـٰلُهَا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Yer yuzida yurib, o`zlaridan avvalgilarning oqibati qandoq bo`lganiga nazar solmaydilarmi? Alloh ularni vayron qildi-ku! Kofirlarga shunga o`xshash bo`lur.Ер юзида юриб, ўзларидан аввалгиларнинг оқибати қандоқ бўлганига назар солмайдиларми? Аллоҳ уларни вайрон қилди-ку! Кофирларга шунга ўхшаш бўлур.Alauddin Mansour: Axir ular Yer yuzida sayru-sayohat qilishib, oʻzlaridan avvalgi (paygʻambarlarni yolgʻonchi qilib iymonsiz ketgan) kimsalarning oqibatlari qanday boʻlganini (ular qanday qismatga yoʻliqishganini) koʻrsalar boʻlmaydimi?! Alloh ularning ustiga halokat yuborib (butunlay yoʻq boʻlib ketdilar-ku)! Bu kofirlar uchun ham xuddi oʻsha (oqibat-halokat)larning oʻxshashi boʻlur.Ахир улар Ер юзида сайру-саёҳат қилишиб, ўзларидан аввалги (пайғамбарларни ёлғончи қилиб иймонсиз кетган) кимсаларнинг оқибатлари қандай бўлганини (улар қандай қисматга йўлиқишганини) кўрсалар бўлмайдими?! Аллоҳ уларнинг устига ҳалокат юбориб (бутунлай йўқ бўлиб кетдилар-ку)! Бу кофирлар учун ҳам худди ўша (оқибат-ҳалокат)ларнинг ўхшаши бўлур.

507-sahifa · 26-juz · 51-hizb507-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ أَفَلَمْaxir, emasmiахир, эмасмиيَسِيرُوا۟yurdilarюрдиларفِى-da-даٱلْأَرْضِyer yuziер юзиفَيَنظُرُوا۟va nazar soldilarва назар солдиларكَيْفَqandoqқандоқكَانَboʻlganligigaбўлганлигигаعَـٰقِبَةُoqibatiоқибатиٱلَّذِينَoʻshalarningўшаларнингمِن-dan-данقَبْلِهِمْ ۚulardan avvalgilarулардан аввалгиларدَمَّرَvayron qildiвайрон қилдиٱللَّهُAllohАллоҳعَلَيْهِمْ ۖularniуларниوَلِلْكَـٰفِرِينَva kofirlargaва кофирларгаأَمْثَـٰلُهَاshunga oʻxshash boʻlurшунга ўхшаш бўлур
TafsirТафсир

Alloh taolo bu oyatda mushriklarni oʻtmishdoshlari boshiga tushgan hodisalardan ibrat olib yurishga undamoqda.

Allohga kufr keltirib, botilga ergashayotganlar

«Yer yuzida yurib, oʻzlaridan avvalgilarning oqibati qandoq boʻlganiga nazar solmaydilarmi?»

Oʻtgan ummatlar va xalqlar qoldirgan asarlarini, yashagan joylarini koʻrganda har bir inson oʻz holicha oʻylab koʻrmogʻi lozim: ular kim edi, qanchalar quvvati bor edi, nimalarni qilgan edi, ularning oldida biz kim boʻlibmiz. Shunga qaramay,

«Alloh ularni vayron qildi-ku!»

Qodir Alloh ular qurgan inshoatlarni, binolarni va oʻzga inshoatlarni osonlik bilan vayron etib, oʻzlarini esa, halok etdi-ku! Bu holat xar bir inson qalbini sezgir, hushyor va uygʻoq tutishi kerak. Ularning kufrini, shirkini takrorlamaslikka undashi lozim.

Oʻtganlarning oqibatidan ibrat olmaydiganlar bilib qoʻysinlarki:

«Kofirlarga shunga oʻxshash boʻlur».

Qaysi bir kofir boʻlsa, oʻsha oʻtgan kofirlarga yetgan oqibatga oʻxshash oqibat unga ham, albatta, yetadi.