QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят11

ذَٰلِكَ بِأَنَّ ٱللَّهَ مَوْلَى ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَأَنَّ ٱلْكَـٰفِرِينَ لَا مَوْلَىٰ لَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Shundoq bo`lishi, albatta, Alloh iymon keltirganlarga do`st ekanligidan va albatta, kofirlarga do`st yo`qligidandir.Шундоқ бўлиши, албатта, Аллоҳ иймон келтирганларга дўст эканлигидан ва албатта, кофирларга дўст йўқлигидандир.Alauddin Mansour: Bunga (yaʼni, Alloh moʻminlarga yordam berishiga, kofirlarni esa halok qilishiga) sabab Alloh iymon keltirgan zotlarning doʻsti-homiysi ekanligi, kofirlar uchun esa hech qanday homiy yoʻq ekanligidir.Бунга (яъни, Аллоҳ мўминларга ёрдам беришига, кофирларни эса ҳалок қилишига) сабаб Аллоҳ иймон келтирган зотларнинг дўсти-ҳомийси эканлиги, кофирлар учун эса ҳеч қандай ҳомий йўқ эканлигидир.

507-sahifa · 26-juz · 51-hizb507-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَshundoq boʻlishiшундоқ бўлишиبِأَنَّalbatta, ...ligi sababdirалбатта, ...лиги сабабдирٱللَّهَAllohАллоҳمَوْلَىdoʻstdirдўстдирٱلَّذِينَularуларءَامَنُوا۟iymon keltirganиймон келтирганوَأَنَّva albattaва албаттаٱلْكَـٰفِرِينَkofirlargaкофирларгаلَاyoʻqйўқمَوْلَىٰdoʻstдўстلَهُمْulargaуларга
TafsirТафсир

Hamma gap shunda: iymon keltirganlarga ato qilinadigan yaxshiliklarning bosh sababi–Alloh taolo ularga mavlo, doʻst, xoja, yordamchi va nusrat beruvchi ekanligidadir.

«Shundoq boʻlishi, albatta, Alloh iymon keltirganlarga doʻst ekanligidan….»

Shuning uchun ham, har bir moʻmin oʻz iymonining qadriga yetishi, «moʻmin» degan sharafli nomga loyiq inson boʻlishga harakat qilishi lozim.

Ammo, kufr keltirganlarning mavlosi–doʻsti, xojasi, yordamchisi va nusrat beruvchilari yoʻq, chunki ular Allohga iymon keltirmaganlar.

«...…va albatta, kofirlarga doʻst yoʻqligidandir.»

Alloh mavlo boʻlmasa, hech kim mavlo boʻla olmaydi. Chunki, Allohdan oʻzga barcha-barcha mavloga muhtoj. Demak, kofirlar toifasidan boʻlmaslik kerak.

Keyingi oyatda moʻmin va kofir toifalarning oxiratdagi nasibalari haqida soʻz ketadi.