إِنَّ ٱللَّهَ يُدْخِلُ ٱلَّذِينَ ءَامَنُوا۟ وَعَمِلُوا۟ ٱلصَّـٰلِحَـٰتِ جَنَّـٰتٍ تَجْرِى مِن تَحْتِهَا ٱلْأَنْهَـٰرُ ۖ وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ يَتَمَتَّعُونَ وَيَأْكُلُونَ كَمَا تَأْكُلُ ٱلْأَنْعَـٰمُ وَٱلنَّارُ مَثْوًى لَّهُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Albatta, Alloh iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarni tagidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur. Kufr keltirganlar huzur qilurlar va xuddi chorva hayvonlari yegandek yerlar va do`zax ularning joyidir.Албатта, Аллоҳ иймон келтирганлар ва яхши амал қилганларни тагидан анҳорлар оқиб турган жаннатларга киритур. Куфр келтирганлар ҳузур қилурлар ва худди чорва ҳайвонлари егандек ерлар ва дўзах уларнинг жойидир.Alauddin Mansour: Albatta Alloh iymon keltirgan va yaxshi amallar qilgan zotlarni ostidan daryolar oqib turadigan jannatlarga kiritur. Kofir boʻlgan kimsalar esa (mana shu hayoti dunyoning oʻtkinchi lazzatlaridan) foydalanib, chorva hayvonlari yeganidek yeb-ichurlar va ularning joylari doʻzax boʻlur!Албатта Аллоҳ иймон келтирган ва яхши амаллар қилган зотларни остидан дарёлар оқиб турадиган жаннатларга киритур. Кофир бўлган кимсалар эса (мана шу ҳаёти дунёнинг ўткинчи лаззатларидан) фойдаланиб, чорва ҳайвонлари еганидек еб-ичурлар ва уларнинг жойлари дўзах бўлур!
Alloh taolo iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarga bu dunyoda oʻzi mavlo boʻlishining ustiga, u dunyoda ularga katta baxtsaodatlarni ato qiladi.
«Albatta, Alloh iymon keltirganlar va yaxshi amal qilganlarni tagidan anhorlar oqib turgan jannatlarga kiritur.»
Oliy maqom tarafidan taqdim etilgan arzimagan narsa ham aziz va qimmatli hisoblanadi. Endi, jannat deb atalgan maʼvoga bir farishta yoki boshqa zot emas, balki Yaratganning oʻzi kiritsa, bu qanday baxt!
Kufr keltirganlarning nasibasi-chi?
«Kufr keltirganlar «huzur qilurlar» va xuddi chorva hayvonlari yegandek yerlar va doʻzax ularning joyidir.»
Ular bu dunyo lazzatlariga beriladilar, yeyish-ichishlari ham chorva hayvonlari singaridir. Ularning qorin toʻygʻizishdan oʻzga gʻamlari yoʻq. Ular Allohning emas, qorinning bandalaridir. Bundan, ovqat yeb huzurlanmaslik kerak ekan-da, degan xulosaga kelmaslik kerak. Chunki, musulmonlar ham huzurlanadilar, yaxshi ovqatlarni yeydilar. Bu yerda haqiqiy nasiba haqida gap ketayapti. Kofirlarga bu dunyoda mol kabi yegan taomidan oʻzga nasiba yoʻq. Ikkinchidan, bu dunyoda moʻmin halol-pok narsalarni meʼyorida, zavq bilan, undan hosil boʻlgan quvvatni taqvo, savob va xayrga sarf qilish uchun yeb-ichadi. Kofirning esa, unga eslatib turuvchi na taqvosi bor, u na savobni yoki gunohni oʻylaydi, uning dunyodagi asosiy maqsadi–qorin toʻygʻizishdir. Shuning uchun ham, halol- harom, pok-nopokning farqiga bormay, moldek yeyaveradi. Hamda, oxiratga bundan boshqa unga hech qanday nasiba qolmaydi.
Allohga kufr keltirgan, Allohning yoʻlidan toʻsadigan, Muhammad alayhissalomga nozil qilingan narsaga iymon keltirmagan, botilga ergashgan, Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmagan va yer yuzida yurib oʻzlaridan avvalgilar oqibatiga nazar solmagan baxtsiz mushriklar oʻzlariga Alloh tomonidan yuborilganPaygʻambar Muhammad alayhissalomni Makkai Mukarramadan chiqarib yuborishganda quyidagi oyat nozil boʻlgan.
Ey Muhammad!