QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят13

وَكَأَيِّن مِّن قَرْيَةٍ هِىَ أَشَدُّ قُوَّةً مِّن قَرْيَتِكَ ٱلَّتِىٓ أَخْرَجَتْكَ أَهْلَكْنَـٰهُمْ فَلَا نَاصِرَ لَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ko`pgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan ko`ra quvvatliroq edi, ularni halok qildik. Bas, ularga nusrat beruvchi yo`qdir.Кўпгина шаҳарлар сени чиқарган шаҳарингдан кўра қувватлироқ эди, уларни ҳалок қилдик. Бас, уларга нусрат берувчи йўқдир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), sizni haydab chiqargan qishloq (yaʼni, Makka ahli)dan koʻra (aholisi) kuchli-quvvatliroq boʻlgan qanchadan-qancha qishloqni halok qilganmiz. Bas, ular uchun biron yordamchi boʻlmagan.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), сизни ҳайдаб чиқарган қишлоқ (яъни, Макка аҳли)дан кўра (аҳолиси) кучли-қувватлироқ бўлган қанчадан-қанча қишлоқни ҳалок қилганмиз. Бас, улар учун бирон ёрдамчи бўлмаган.

508-sahifa · 26-juz · 51-hizb508-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَكَأَيِّنva koʻpginaва кўпгинаمِّن-dan-данقَرْيَةٍshaharшаҳарهِىَuуأَشَدُّquvvatliroqқувватлироқقُوَّةًۭquvvat jihatidanқувват жиҳатиданمِّن-dan koʻra-дан кўраقَرْيَتِكَsening shaharingсенинг шаҳарингٱلَّتِىٓoʻshakiўшакиأَخْرَجَتْكَseni chiqarganсени чиқарганأَهْلَكْنَـٰهُمْularni halok qildikуларни ҳалок қилдикفَلَاbas, yoʻqdirбас, йўқдирنَاصِرَnusrat beruvchiнусрат берувчиلَهُمْulargaуларга
TafsirТафсир

Bu oyati karima Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga Makkai Mukarramani tashlab, majburan Madiynai Munavvaraga hijrat qilib ketayotgan yoʻllarida nozil boʻlgan. Alloh taolo Oʻzining habib Paygʻambari Muhammad alayhissalomga tasalli berib:

«Koʻpgina shaharlar seni chiqargan shaharingdan koʻra quvvatliroq edi, ularni halok qildik», demoqda.

Ey Paygʻambarim! Makka mushriklari seni sigʻdirmay kuch ishlatib, ona shahringni tashlab chiqib ketishga majbur qilishdi. Lekin sen xafa boʻlma, Biz sening shahring Makkadan koʻra quvvatliroq koʻp shahar-qishloqlarni aholisining kufri va Paygʻambarlarimizga ozor berganligi tufayli halok qilganmiz. Xohlagan paytimizda Makka ahlini ham halok qilaveramiz.

«Bas, ularga nusrat beruvchi yoʻqdir.»

Biz, Oʻzimiz halok qilganimizdan keyin, albatta, ularning nusrat beruvchisi yoʻq boʻladi-da, demoqda.

Voqeʼlikda bu tasalli tasdiqlanib, keyinroq Makka fath qilindi. Mushriklarga nusrat beruvchi topilmadi.

Ibn Abi Hotim rivoyat qilishlaricha, Abdulloh Ibn Abbos roziyallohu anhu deydilarki: «Nabiy alayhissalom Makkadan chiqib gʻorga kirganlaridan soʻng, yana Makkaga oʻgirilib nazar soldilar va «Sen Allohning shaharlari ichida Alloh uchun eng suyuklisisan, sen men uchun ham Allohning shaharlari ichida eng suyuklisisan, agar mushriklar meni sendan chiqarmaganlarida, chiqmasdim», dedilar».

Bu rivoyatdan Paygʻambarimiz alayhissalom uchun Makkai Mukarramani tashlab chiqib ketish naqadar ogʻir boʻlgani koʻrinib turibdi. Shuning uchun ham, Alloh taolo ushbu oyati karimani nozil qilib, u zot alayhissalomga tasali bergan.

Endi oʻrganadigan oyatimiz esa, hidoyatda yurgan va zalolatda qolganlarni bir-birlariga solishtiradi.16–3316