أَفَمَن كَانَ عَلَىٰ بَيِّنَةٍ مِّن رَّبِّهِۦ كَمَن زُيِّنَ لَهُۥ سُوٓءُ عَمَلِهِۦ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُم
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`z Robbisidan aniq hujjatga ega bo`lgan shaxs yomon amali o`ziga ziynatli ko`ringan va havoyi nafsiga ergashganlarga o`xshashi mumkinmi?!Ўз Роббисидан аниқ ҳужжатга эга бўлган шахс ёмон амали ўзига зийнатли кўринган ва ҳавойи нафсига эргашганларга ўхшаши мумкинми?!Alauddin Mansour: Axir Parvardigori tomonidan aniq-ravshan hujjatga (yaʼni, Qurʼonga) ega boʻlgan kishi (yaʼni, rasullulloh va moʻminlar), qilgan yomon amali oʻziga chiroyli koʻringan va havoyi nafsiga ergashgan (kofir) kimsalar kabi boʻlurmi?!Ахир Парвардигори томонидан аниқ-равшан ҳужжатга (яъни, Қуръонга) эга бўлган киши (яъни, расуллуллоҳ ва мўминлар), қилган ёмон амали ўзига чиройли кўринган ва ҳавойи нафсига эргашган (кофир) кимсалар каби бўлурми?!
Surai karimaning avvalidan buyon moʻmin bilan kofir orasidagi farq turli holatlarda solishtirib kelinmoqda. Bu oyatda ular shaxs sifatida solishtirilyaptilar.
«Oʻz Robbisidan aniq hujjatga ega boʻlgan shaxs...»
Moʻmin-musulmon kishi shaxs sifatida Oʻz parvardigori tomonidan berilgan aniq hujjatga, koʻrsatmaga ega. Bu–ilohiy masdari va gʻoyasi hamda natijasi aniq koʻrsatmadir. Bu hujjatkoʻrsatmaga ergashganlar adashmaydilar, zalolatga ketmaydilar, bemaqsad yurmaydilar va ishonchlari komilki, oqibatlari yaxshi boʻladi, maqsadlariga erishadilar.
Kofirlarning shaxsi qanday, ular nimaga ergashadi?!
«…...yomon amali oʻziga ziynatli koʻringan va havoyi nafsiga ergashganlarga...…»
Kofirlar oʻzlari qilgan yomon ishlarning yomonligini bila turib yaxshilikka yoʻyadigan shaxslardir. Hayot yoʻllarida esa, havoyi nafslariga ergashadilar. Asos ham yoʻq, aniqlik ham yoʻq, koʻzlangan maqsad ham yoʻq. Unga havoyi nafsi bugun oʻgʻrilik qil desa, shuni qiladi, zulm qil desa, uni ham qiladi va hokazo. Xoʻsh, ushbu ikki toifa shaxs bir-biriga teng boʻla oladimi? Ayting- chi, ular bir-birlariga,
«oʻxshashi mumkinmi?!»
Albatta, yoʻq.
Shuning uchun, ularning oqibatlari ham bir-biriga oʻxshamaydi, oʻzlariga xos, har xil boʻladi.