QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят15

مَّثَلُ ٱلْجَنَّةِ ٱلَّتِى وُعِدَ ٱلْمُتَّقُونَ ۖ فِيهَآ أَنْهَـٰرٌ مِّن مَّآءٍ غَيْرِ ءَاسِنٍ وَأَنْهَـٰرٌ مِّن لَّبَنٍ لَّمْ يَتَغَيَّرْ طَعْمُهُۥ وَأَنْهَـٰرٌ مِّنْ خَمْرٍ لَّذَّةٍ لِّلشَّـٰرِبِينَ وَأَنْهَـٰرٌ مِّنْ عَسَلٍ مُّصَفًّى ۖ وَلَهُمْ فِيهَا مِن كُلِّ ٱلثَّمَرَٰتِ وَمَغْفِرَةٌ مِّن رَّبِّهِمْ ۖ كَمَنْ هُوَ خَـٰلِدٌ فِى ٱلنَّارِ وَسُقُوا۟ مَآءً حَمِيمًا فَقَطَّعَ أَمْعَآءَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Taqvodorlarga va'da qilingan jannatning misoli (shuki): ichida aynimagan suvli anhorlari, ta'mi o`zgarmagan sutli anhorlari, ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr(sharob)li anhorlari, musaffo asalli anhorlari bor. Ular uchun unda barcha mevalar va o`z Robbilaridan mag`firat bor. (O`shalar) otashda mangu qoluvchi va o`ta qaynoq suv ila sug`orilib, ichaklari titilib ketgan kimsaga o`xsharmi?Тақводорларга ваъда қилинган жаннатнинг мисоли (шуки): ичида айнимаган сувли анҳорлари, таъми ўзгармаган сутли анҳорлари, ичувчиларга лаззатбахш хамр(шароб)ли анҳорлари, мусаффо асалли анҳорлари бор. Улар учун унда барча мевалар ва ўз Роббиларидан мағфират бор. (Ўшалар) оташда мангу қолувчи ва ўта қайноқ сув ила суғорилиб, ичаклари титилиб кетган кимсага ўхшарми?Alauddin Mansour: Taqvo egalari uchun vaʼda qilingan jannatning misoli — sifati (budir): «Unda aynimagan suvdan boʻlgan daryolar ham, taʼmi oʻzgarmagan sutdan boʻlgan daryolar, ichguvchilar uchun lazzatli (yaʼni, badtaʼm va aqldan ozdirguvchi boʻlmagan) maydan boʻlgan daryolar ham, musaffo asaldan boʻlgan daryolar ham bordir. Ular uchun u joyda barcha mevalardan bordir va (ular uchun u joyda) Parvardigorlari tomonidan magʻfirat bordir. (Ana shunday jannat ahli boʻlgan taqvo egalari) doʻzaxda mangu qoladigan va (u joyda) qaynoq suv bilan sugʻorilib, u (suv) ichaklarini boʻlak-boʻlak qilib tashlagan (kofir) kimsalar kabi boʻlurmi?!Тақво эгалари учун ваъда қилинган жаннатнинг мисоли — сифати (будир): «Унда айнимаган сувдан бўлган дарёлар ҳам, таъми ўзгармаган сутдан бўлган дарёлар, ичгувчилар учун лаззатли (яъни, бадтаъм ва ақлдан оздиргувчи бўлмаган) майдан бўлган дарёлар ҳам, мусаффо асалдан бўлган дарёлар ҳам бордир. Улар учун у жойда барча мевалардан бордир ва (улар учун у жойда) Парвардигорлари томонидан мағфират бордир. (Ана шундай жаннат аҳли бўлган тақво эгалари) дўзахда мангу қоладиган ва (у жойда) қайноқ сув билан суғорилиб, у (сув) ичакларини бўлак-бўлак қилиб ташлаган (кофир) кимсалар каби бўлурми?!

508-sahifa · 26-juz · 51-hizb508-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
مَّثَلُmisoliмисолиٱلْجَنَّةِjannatningжаннатнингٱلَّتِىoʻshakiўшакиوُعِدَvaʼda qilinganваъда қилинганٱلْمُتَّقُونَ ۖtaqvodorlargaтақводорларгаفِيهَآuning ichidaунинг ичидаأَنْهَـٰرٌۭanhorlar borанҳорлар борمِّن-dan-данمَّآءٍsuvсувغَيْرِemasэмасءَاسِنٍۢayniganайниганوَأَنْهَـٰرٌۭva anhorlarва анҳорларمِّن-dan-данلَّبَنٍۢsutсутلَّمْemasэмасيَتَغَيَّرْoʻzgarganўзгарганطَعْمُهُۥuning taʼmiунинг таъмиوَأَنْهَـٰرٌۭva anhorlarва анҳорларمِّنْ-dan-данخَمْرٍۢxamr-sharobхамр-шаробلَّذَّةٍۢlazzatbaxshлаззатбахшلِّلشَّـٰرِبِينَichuvchilargaичувчиларгаوَأَنْهَـٰرٌۭva anhorlarва анҳорларمِّنْ-dan-данعَسَلٍۢasalасалمُّصَفًّۭى ۖmusaffoмусаффоوَلَهُمْva ular uchunва улар учунفِيهَاu yerdaу ердаمِن-dan-данكُلِّbarchaбарчаٱلثَّمَرَٰتِmevalarмеваларوَمَغْفِرَةٌۭva magʻfiratва мағфиратمِّن-dan-данرَّبِّهِمْ ۖoʻz Robbilariўз Роббилариكَمَنْkimsaga oʻxshaydilarmiкимсага ўхшайдилармиهُوَuуخَـٰلِدٌۭmangu qoluvchiмангу қолувчиفِى-da-даٱلنَّارِotashоташوَسُقُوا۟va sugʻorilibва суғорилибمَآءًsuv ilaсув илаحَمِيمًۭاoʻta qaynoqўта қайноқفَقَطَّعَbas, titilib ketganбас, титилиб кетганأَمْعَآءَهُمْularning ichaklariуларнинг ичаклари
TafsirТафсир

Mazkur oyatning avvalida Alloh taolo taqvodor bandalariga vaʼda qilingan jannatning vasfini keltirmoqda.

«Taqvodorlarga vaʼda qilingan jannatning misoli (shuki)

U yerda son-sanoqsiz neʼmatlar mavjud, jumladan:

«...aynimagan suvli anhorlari...» bor.

Oʻylab koʻrilsa, butun avlodi jazirama sahroda bir tomchi suvga zor boʻlib oʻtayotgan arablarga oʻsha vaqtda bu qanday ulkan neʼmat?! Biror qarich yerida suv oqmaydigan diyorda har zamonda bir yogʻadigan yomgʻirdan qolgan koʻlmak suvni uchratish mumkin. Koʻlmak suv esa, hammaga maʼlumki, bir oz muddatdan soʻng aynib, hidlanib qoladi. Shuning uchun, «aynimagan suvli anhorlar bor», deyilmoqda. Bir yoki ikki emas, bir qancha anhorlari bor, bu qanday ulkan neʼmat!

«...taʼmi oʻzgarmagan sutli anhorlari...» bor.

Bu ham tengsiz bir neʼmat. Tuyani har zamonda sogʻib ichib yurgan arablar uchun naqadar tengi yoʻq neʼmat! Xuddi suv kabi uning ham taʼmi oʻzgarmagan, bir emas, bir necha anhorlar bor. Inson chaqaloqligidan tortib to umrining oxirigacha sutga koʻp hojati tushadi. Shuning uchun ham, oyatda suvdan keyin sutning zikri keladi.

«...ichuvchilarga lazzatbaxsh xamr(sharob)li anhorlari...» bor.

Mayxoʻrlik arablar uchun oʻsha vaqtda eng ulugʻ va huzurbaxsh ish hisoblanardi. Ularning kattasiyu kichigi, erkagiyu ayoli yotsa ham, tursa ham maydan gapirishardi. Alloh taolo mayxoʻrlikni zararlari uchun bu dunyoda harom qildi. U dunyoda esa, zararsiz holatda, huzurbaxsh qilib, jannatning neʼmatlaridan biriga aylantirdi.

«...musaffo asalli anhorlari bor.»

Asal ham Allohning ulugʻ neʼmatlaridan. Ayniqsa, musaffo boʻlsa. Alloh taolo jannatda taqvodor bandalari uchun musaffo asalli anhorlarni oqizib qoʻyadi. Bu qanday buyuk baxt!

«Ular uchun unda barcha mevalar bor.»

Ahli jannat uchun Alloh taolo hamma mevalarni ham muhayyo etgan. Jannatiylar xohlagan mevalarini xohlagan holatda uzib olib yeydilar.

«...va oʻz Robbilaridan magʻfirat bor.»

Bu, hammasidan yuqori oliy maqomli neʼmatdir. Bandalik ila qilgan gunohlarining magʻfirat qilinishi barcha neʼmatlarning eng aʼlosidir.

Soʻngra, shunchalik neʼmatlarga erishgan moʻminlarning holi bilan azobga duchor boʻlgan kofirlarning holi muqoyasa qilinadi:

«(Oʻshalar):

otashda mangu qoluvchi...»

Moʻmin sersoya jannatdan joy olgan boʻlsa, uning qarshisida kofir doʻzax otashida mangu–abadiy qoladi. Tabiiyki, oʻtda yonayotgan odam suv soʻraydi. Jannatiylarga berilgan anhorlar unga ham nasib qilarmikan? Yoʻq, hech-hech nasib qilmaydi, aksincha, u suv soʻrab yolvorganda:

«...oʻta qaynoq suv ila sugʻorilib, ichaklari titilib ketgan…...»

Yaʼni, suv nihoyatda qaynoq boʻlganligidan, badanining qayeriga tegsa, shu yerini, asosan, ichaklarni titib yuboradi. Bu azob tinmay takrorlanaveradi. Bunday holatdagi kimsani yuqorida vasf qilingan jannat ahliga solishtirib boʻladimi? Aslo! U qayerda-yu, bu qayerda?!

Lekin dunyoda kishilar faqat mazkur ikki toifa–moʻmin va kofirdan iborat emas. Yana boshqa bir toifa bor. Ular munofiqlardir. Munofiqlik Madiynai Munavvarada paydo boʻldi. Makkada sabr-bardoshli kishilargina musulmonlikni mahkam ushlab qolib, hamma ularga ochiq-oydin dushmanlik qilib turganda munofiqlar yoʻq edilar. Madiynada esa, avval Avs va Xazraj qabilasidan baʼzi kishilar, asta-sekin boshqalar ham musulmon boʻlib, oxiri Islom kirmagan xonadon qolmadi. Shunda, aslida, Muhammad alayhissalomni, Islomni yoqtirmasa ham, lekin ochiq dushmanlik qilishga imkoni yoʻq kimsalar yuzaki ravishda Islomga kirganlarini eʼlon qildilar. Shu bilan birga, ular ichlarida dushmanliklarini saqlab qoldilar. Ular Abdulloh ibn Ubay ibn Salul boshchiligida payt poylab turib, musulmonlarga yomonlik qilib qolishardi. Munofiqlarga Madiynai Munavvarada yahudiylarning borligi juda ham qoʻl kelardi. Qachon musulmonlar boshiga qiyinchilik tushsa, ochiqcha dushmanlikka oʻtib gʻizillab qolishar, musulmonlarning ishlari yurishib qolsa, hiylanayrangga ruju qilib gʻimirlab qolishar edi. Oʻsha paytlarda Islomga nisbatan haqiqiy xavf-xatar oʻshalardan edi. Munofiqlarning kirdikorlari, yahudiylar bilan til biriktirishlari koʻpgina madaniy suralarda, jumladan, biz oʻrganayotgan ushbu «Muhammad» surasida ham fosh qilingan.

Endi, shu mavzudagi oyati karimalarni oʻrganishni boshlaymiz.

Ey Paygʻambar!