QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят16

وَمِنْهُم مَّن يَسْتَمِعُ إِلَيْكَ حَتَّىٰٓ إِذَا خَرَجُوا۟ مِنْ عِندِكَ قَالُوا۟ لِلَّذِينَ أُوتُوا۟ ٱلْعِلْمَ مَاذَا قَالَ ءَانِفًا ۚ أُو۟لَـٰٓئِكَ ٱلَّذِينَ طَبَعَ ٱللَّهُ عَلَىٰ قُلُوبِهِمْ وَٱتَّبَعُوٓا۟ أَهْوَآءَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ulardan senga quloq osadiganlari bor. Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali nima dedi?» – derlar. Ana o`shalar qalblariga Alloh tamg`a bosganlar va havoyi nafslariga ergashganlardir.Ва улардан сенга қулоқ осадиганлари бор. Ҳузурингдан чиққанларида эса, илм берилганларга: «Ҳали нима деди?» – дерлар. Ана ўшалар қалбларига Аллоҳ тамға босганлар ва ҳавойи нафсларига эргашганлардир.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), ularning (munofiqlarning) orasida shunday kimsalar ham borki, ular sizga quloq solib turur-da, huzuringizdan chiqqan vaqtlarida, ilm ato etilgan zotlardan (masxara qilishib): «Hozirgina (Muhammad) nima devdi?», deb soʻrarlar. Ana oʻshalar Alloh dillarini muhrlab qoʻygan va oʻzlarining havoyi nafslariga ergashgan kimsalardir.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), уларнинг (мунофиқларнинг) орасида шундай кимсалар ҳам борки, улар сизга қулоқ солиб турур-да, ҳузурингиздан чиққан вақтларида, илм ато этилган зотлардан (масхара қилишиб): «Ҳозиргина (Муҳаммад) нима девди?», деб сўрарлар. Ана ўшалар Аллоҳ дилларини муҳрлаб қўйган ва ўзларининг ҳавойи нафсларига эргашган кимсалардир.

508-sahifa · 26-juz · 51-hizb508-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَمِنْهُمva ulardanва уларданمَّنkimsalar borкимсалар борيَسْتَمِعُquloq osadiқулоқ осадиإِلَيْكَsengaсенгаحَتَّىٰٓhattokiҳаттокиإِذَاqachonkiқачонкиخَرَجُوا۟chiqdilarчиқдиларمِنْ-dan-данعِندِكَhuzuringҳузурингقَالُوا۟derlarдерларلِلَّذِينَulargaуларгаأُوتُوا۟berilganберилганٱلْعِلْمَilmилмمَاذَاnimaнимаقَالَu dediу дедиءَانِفًا ۚhali (shu yaqinda)ҳали (шу яқинда)أُو۟لَـٰٓئِكَana oʻshalarана ўшаларٱلَّذِينَulardirkiулардиркиطَبَعَtamgʻa bosganтамға босганٱللَّهُAllohАллоҳعَلَىٰustigaустигаقُلُوبِهِمْularning qalblariуларнинг қалблариوَٱتَّبَعُوٓا۟va ergashganlarва эргашганларأَهْوَآءَهُمْhavoi nafslarigaҳавои нафсларига
TafsirТафсир

Ushbu oyatda munofiqlarning vasfi kelyapti. Ular musulmonlar, sahobai kiromlar bilan birga Paygʻambar alayhissalomning majlislarida oʻtiradilar, zohiran soʻzlariga diqqat bilan quloq soladilar.

«Va ulardan senga quloq osadiganlari bor.»

Majlis tugab u zoti bobarakotning huzurlaridan chiqishgach esa, ilm egalari boʻlgan sahobalarga: «Hali majlisda Paygʻambar nima dedi?»–deyishadi.

«Huzuringdan chiqqanlarida esa, ilm berilganlarga: «Hali nima dedi?», – derlar.»

Bu esa ular sirtdan diqqat bilan quloq solganga oʻxshab oʻtirsalar ham, koʻngillari boshqa tomonda, qalblari gʻofil qolaverishining dalilidir. Yoki ularning qalb koʻzlari umuman koʻr, foyda olishdan mahrumdirlar.

Shu bilan birga, bu gʻalamislar ahli ilm sahobalarga, Muhammad tushunib boʻlmaydigan gaplarni gapiradi, demoqchi ham boʻladilar. Bu esa, ayni paytda, Paygʻambar alayhissalomning muborak ogʻizlaridan chiqadigan har bir soʻzni bir olam ishtiyoq bilan kutadigan ilmli sahobalarga, arzimagan gaplarni eshitib yuribsanlar-da, degan maʼnoni ham beradi.

Oyatning oxirida ularning kimligi ochiq-oydin bayon qilinadi.

«Ana oʻshalar, qalblariga Alloh tamgʻa bosganlar»dir.

Yaʼni, ularning qalblari berk, yaxshilikni qabul qilmaydi, chunki ular yaxshilikni hech xohlamaydilar. Shuningdek, ular,

«havoyi nafsiga ergashganlardir».

Ular Paygʻambar alayhissalomga ergashmaydilar.

Endi munofiqlar vasfining muqobiliga moʻminlarning taʼrifi keladi: