QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят9

ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ كَرِهُوا۟ مَآ أَنزَلَ ٱللَّهُ فَأَحْبَطَ أَعْمَـٰلَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bu, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush ko`rmaganlari sababidandir. Bas, U zot amallarini botil qildi.Бу, уларнинг Аллоҳ нозил қилган нарсани хуш кўрмаганлари сабабидандир. Бас, У зот амалларини ботил қилди.Alauddin Mansour: Bunga sabab, ularning Alloh nozil qilgan narsalarni (yaʼni, Qurʼon va undagi hukmlarni) yomon koʻrganlaridir. Bas, (Alloh) ularning amallarini behuda ketkazdi.Бунга сабаб, уларнинг Аллоҳ нозил қилган нарсаларни (яъни, Қуръон ва ундаги ҳукмларни) ёмон кўрганларидир. Бас, (Аллоҳ) уларнинг амалларини беҳуда кетказди.

507-sahifa · 26-juz · 51-hizb507-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَbuбуبِأَنَّهُمْular sababidandirулар сабабидандирكَرِهُوا۟xush koʻrmaganlariхуш кўрмаганлариمَآnarsaniнарсаниأَنزَلَnozil qilganнозил қилганٱللَّهُAllohАллоҳفَأَحْبَطَbas, botil qildiбас, ботил қилдиأَعْمَـٰلَهُمْularning amallariniуларнинг амалларини
TafsirТафсир

Ushbu oyati karima kufr keltirganlarning baxtsiz boʻlib, qilgan amallari bekorga ketishining asl sababini bayon qilib bermoqda.

«Bu, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlari sababidandir.»

Yaʼni, kufr keltirganlarning baxtsiz boʻlib, qilgan amallari bekorga ketishi Alloh nozil qilgan Qurʼonni, shariatni, taʼlimotlarni va dinni xush koʻrmaganlari uchundir.

«Alloh nozil qilgan narsa»ni, yaʼni, Qurʼonni, shariatni, Islomni esa, faqat, qalbini fasodga toʻldirganlargina xush koʻrmaydilar. Shuning uchun ham, ularga baxtsizlik yuboriladi, «amallari botil» qilinadi.

Arabcha matnda «botil» oʻrnida «Ahbata» lafzi ishlatilgan. Bu soʻz, aslida, nooʻrin ozuqalarni haddan tashqari tanovul qilib, qorni shishib, yorilib oʻlgan hayvonga ishlatiladi. Kofirlar ham xuddi oʻsha hayvonlar ozuqa deb befoyda narsalarni yeganga oʻxshab, iymonsiz holda, foydali ish qilyapman deb, qilgan amallari habata boʻlib, harom oʻladilar.

Kelasi oyat kofirlarni yer yuzida yurib, undagi ajoyibotlardan ibrat olishga chorlaydi.