وَٱلَّذِينَ كَفَرُوا۟ فَتَعْسًا لَّهُمْ وَأَضَلَّ أَعْمَـٰلَهُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va kufr keltirganlarga baxtsizlik va amallarini zoye qilish bo`lur.Ва куфр келтирганларга бахтсизлик ва амалларини зое қилиш бўлур.Alauddin Mansour: Kofir boʻlgan kimsalar uchun esa halokat boʻlur va (Alloh) ularning amallarini zoye ketkazur.Кофир бўлган кимсалар учун эса ҳалокат бўлур ва (Аллоҳ) уларнинг амалларини зое кетказур.
Kufr keltirganlar baxtsizdirlar. Ular halokat, yomonlik va umidsizlik botqogʻiga botadilar. Shu bilan birga, bu dunyoda qilgan amallari zoye ketadi. Yaʼni, foyda bermaydi. Savobi, ajri yoʻq boʻladi. Ularning yaxshiliklari ham, iymonsizliklari bois, qabul qilinmaydi.
Xoʻsh, nima uchun, kufr keltirganlarga nisbatan bundoq hol yuz bermoqda?