QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят7

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُوٓا۟ إِن تَنصُرُوا۟ ٱللَّهَ يَنصُرْكُمْ وَيُثَبِّتْ أَقْدَامَكُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz, sizga ham yordam berur va qadamlaringizni sobit qilur.Эй, иймон келтирганлар, агар Аллоҳга ёрдам берсангиз, сизга ҳам ёрдам берур ва қадамларингизни собит қилур.Alauddin Mansour: Ey moʻminlar, agar sizlar Allohga yordam bersangizlar (yaʼni, Uning yoʻlida jihod qilsangizlar), U zot ham sizlarga yordam berur va jang maydonida kadamlaringizni sobit-barqaror qilur.Эй мўминлар, агар сизлар Аллоҳга ёрдам берсангизлар (яъни, Унинг йўлида жиҳод қилсангизлар), У зот ҳам сизларга ёрдам берур ва жанг майдонида кадамларингизни собит-барқарор қилур.

507-sahifa · 26-juz · 51-hizb507-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
يَـٰٓأَيُّهَاeyэйٱلَّذِينَularуларءَامَنُوٓا۟iymon keltirganlarиймон келтирганларإِنagarагарتَنصُرُوا۟yordam bersangizёрдам берсангизٱللَّهَAllohgaАллоҳгаيَنصُرْكُمْsizga yordam beradirсизга ёрдам берадирوَيُثَبِّتْva sobit qiladirва собит қиладирأَقْدَامَكُمْqadamlaringizniқадамларингизни
TafsirТафсир

Ushbu oyati karimada Alloh taolo moʻmin-musulmonlarga ular uchun eng mahbub boʻlgan nido ila murojaat qilib:

«Ey, iymon keltirganlar, agar Allohga yordam bersangiz», demoqda.

Albatta, bu ilohiy nido moʻmin-musulmonlarning himmatlarini oliy darajada qoʻzgʻab, har qanday ogʻir taklifni ham ular tomonidan jon deb bajarishga olib keladi. Xuddi ana oʻsha taklif nidodan soʻng bevosita kelmoqda.

«Allohga yordam bersangiz» degani, Allohning diniga xizmat qilsangiz, deganidir. Chunki, Alloh taolo yordamga muhtoj emas. Shuningdek, Allohning dini ham yordamga muhtoj emas. Parvardigori olam xohlasa Oʻz dinining himoyasini qilib oladi. Bu yerda bandalarga savob ishlash, oʻz maqomini yuksaltirish uchun sharoit yaratib berilmoqda, xolos.

Demak Allohga yordam berish Allohning diniga xizmat qilmoq, Allohning amrlariga boʻysunmoqni bildiradi. Koʻhna tarix shohid, musulmonlar Allohga yordam bergan paytlarida, ular oz, kuchsiz boʻlishlariga qaramay, Alloh ham ularga yordam berib, musulmonlar dunyoni egallaganlar va hammaning oldiga tushgan peshqadam xalq boʻlganlar.