QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят18

فَهَلْ يَنظُرُونَ إِلَّا ٱلسَّاعَةَ أَن تَأْتِيَهُم بَغْتَةً ۖ فَقَدْ جَآءَ أَشْرَاطُهَا ۚ فَأَنَّىٰ لَهُمْ إِذَا جَآءَتْهُمْ ذِكْرَىٰهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ular soat(qiyomat)ning birdan kelishidan boshqa narsaga intizor bo`lishayotgani yo`q. Darvoqe, alomatlari kelib ham qoldi. U kelib qolsa, ular qayerdan eslatma olurlar?!Улар соат(қиёмат)нинг бирдан келишидан бошқа нарсага интизор бўлишаётгани йўқ. Дарвоқе, аломатлари келиб ҳам қолди. У келиб қолса, улар қаердан эслатма олурлар?!Alauddin Mansour: Ular (Makka kofirlari oʻtmishdagi oʻz paygʻambarlarini yolgʻonchi qilgan qavmlar duchor boʻlgan halokatlardan eslatma-ibrat olmadilar), endi faqat toʻsatdan (Qiyomat) soati kelib qolishinigina kutmoqdalar. Darvoqeʼ uning alomatlari keldi. Bas, ularga (Qiyomat soati) kelgan vaqtida ularning eslatma-ibrat olishlari (uchun) qanday (imkon) boʻlur?!Улар (Макка кофирлари ўтмишдаги ўз пайғамбарларини ёлғончи қилган қавмлар дучор бўлган ҳалокатлардан эслатма-ибрат олмадилар), энди фақат тўсатдан (Қиёмат) соати келиб қолишинигина кутмоқдалар. Дарвоқеъ унинг аломатлари келди. Бас, уларга (Қиёмат соати) келган вақтида уларнинг эслатма-ибрат олишлари (учун) қандай (имкон) бўлур?!

508-sahifa · 26-juz · 51-hizb508-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَهَلْbas, ...miбас, ...миيَنظُرُونَintizor boʻlishyaptiинтизор бўлишяптиإِلَّاboshqa narsaga emasбошқа нарсага эмасٱلسَّاعَةَ(qiyomat) soatidan(қиёмат) соатиданأَن...ki...киتَأْتِيَهُمularga kelishiуларга келишиبَغْتَةًۭ ۖbirdanбирданفَقَدْdarvoqeʼдарвоқеъجَآءَkelib qoldiкелиб қолдиأَشْرَاطُهَا ۚuning alomatlariунинг аломатлариفَأَنَّىٰbas, qayerdanбас, қаерданلَهُمْulargaуларгаإِذَاagarагарجَآءَتْهُمْularga kelib qolsaуларга келиб қолсаذِكْرَىٰهُمْeslatmalariэслатмалари
TafsirТафсир

Paygʻambar alayhissalomning majlislariga kirib hech narsani tushunmay chiqayotgan gʻofil munofiqlar va ularning izdoshlari nimani kutishyapti? Ularga nima kerak?

«Ular soat(qiyomat)ning birdan kelishidan boshqa narsaga intizor boʻlishayotgani yoʻq.»

Ular qiyomatning birdan, toʻsatdan kelib qolishidan boshqa narsani kutishayotgani yoʻq.

«Darvoqe, alomatlari kelib ham qoldi.»

Qiyomatning alomatlari esa, kelib qoldi.

Demak, uning oʻzining kelishi ham yaqin. Qiyomatning eng katta alomatlaridan biri Muhammad alayhissalomning Paygʻambar etib yuborilishlaridir. Chunki, u kishi Paygʻambarlarning oxirgisidirlar. U kishidan keyin Paygʻambar kelmaydi, balki qiyomat keladi.

Imom Buxoriy Sahl ibn Saʼd roziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadisda, Rasululloh alayhissalom: «Men Paygʻambar qilib yuborildim va qiyomat bunday», deb koʻrsatkich va oʻrta barmoqlarini bir-biriga yaqinlashtirib koʻrsatdilar».

«U kelib qolsa, ular qayerdan eslatma olurlar?!»

Qiyomat yaqin qolgan boʻlsa, demak yaqinda keladi, lekin mabodo, kelib qolsa, anavi gʻofillar, beparvolar qayerdan eslatmaibrat, vaʼz-nasihat oladilar? Imkoni yoʻq. Chunki, boʻlar ish boʻlganidan keyingi iymon ham foyda bermaydi. Iloji qolmaganidan keyingi, qoʻrqqanidan keltirilgan iymonning hech qachon foydasi boʻlmasligi tayin.

Undan soʻng Alloh taolo Paygʻambar alayhissalom va moʻminlarga xitob qilib, ularning aqiydalari bilimga asoslangan boʻlishini taʼkidlaydi.

Ey Paygʻambar!