QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят19

فَٱعْلَمْ أَنَّهُۥ لَآ إِلَـٰهَ إِلَّا ٱللَّهُ وَٱسْتَغْفِرْ لِذَنۢبِكَ وَلِلْمُؤْمِنِينَ وَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ ۗ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ مُتَقَلَّبَكُمْ وَمَثْوَىٰكُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bas, bilgin: Allohdan o`zga ibodatga sazovor zot yo`q, o`zingning, mo`minlarning va mo`minalarning gunohlari mag`firat qilinishini so`ra. Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur.Бас, билгин: Аллоҳдан ўзга ибодатга сазовор зот йўқ, ўзингнинг, мўминларнинг ва мўминаларнинг гуноҳлари мағфират қилинишини сўра. Аллоҳ сизларнинг кезар жойларингизни ҳам, борар жойларингизни ҳам билур.Alauddin Mansour: Bas, (ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), hech qanday iloh yoʻq, magar Allohgina bor ekanligini biling va oʻz gunohingiz uchun hamda moʻmin-moʻminalar(ning gunohlari) uchun magʻfirat soʻrang! Alloh sizlarning (bu dunyodagi) kezar joylaringizni ham, (Oxiratda) borar joylaringizni ham bilur.Бас, (эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), ҳеч қандай илоҳ йўқ, магар Аллоҳгина бор эканлигини билинг ва ўз гуноҳингиз учун ҳамда мўмин-мўминалар(нинг гуноҳлари) учун мағфират сўранг! Аллоҳ сизларнинг (бу дунёдаги) кезар жойларингизни ҳам, (Охиратда) борар жойларингизни ҳам билур.

508-sahifa · 26-juz · 51-hizb508-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
فَٱعْلَمْbas, bilginбас, билгинأَنَّهُۥalbatta, Uалбатта, Уلَآyoʻqйўқإِلَـٰهَibodatga sazovor zotибодатга сазовор зотإِلَّا-dan oʻzga-дан ўзгаٱللَّهُAllohАллоҳوَٱسْتَغْفِرْva magʻfirat soʻraва мағфират сўраلِذَنۢبِكَoʻz gunohing uchunўз гуноҳинг учунوَلِلْمُؤْمِنِينَva moʻminlar uchunва мўминлар учунوَٱلْمُؤْمِنَـٰتِ ۗva moʻminalar uchunва мўминалар учунوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْلَمُbilurбилурمُتَقَلَّبَكُمْkezar joylaringizniкезар жойларингизниوَمَثْوَىٰكُمْva borar joylaringizniва борар жойларингизни
TafsirТафсир

Alloh taoloning «Bilgin» deb xitob qilishi aqiyda masalasida bilim zarurligiga taʼkiddir. Bu ishda koʻr-koʻrona taqlid foyda bermaydi. Demak, «Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq»ligiga eʼtiqod qilish bilim asosida boʻlishi juda ham yaxshi boʻlar ekan.

«Bas, bilgin: Allohdan oʻzga ibodatga sazovor zot yoʻq...»

Keyin, magʻfirat soʻrashga amr boʻlmoqda. Alloh taolo Paygʻambar alayhissalomga xitob qilib:

«...oʻzingning, moʻminlarning va moʻminalarning gunohlari magʻfirat qilinishini soʻra», demoqda.

Holbuki, Muhammad alayhissalomning avvalu oxir barcha gunohlarini Allohning Oʻzi kechgan. Lekin Paygʻambar alayhissalom hassos banda, qancha urinsa ham oz ekanligini biladilar, u kishining istigʻfor aytishlari gunohlarining batamom kechirilganligi uchun shukr hisoblanadi. Hamda ummatlariga oʻrnak boʻladi.

Paygʻambar alayhissalom moʻmin va moʻminalarning gunohlari kechirilishini soʻraydilar, u kishining duolari esa, shubhasiz, mustajobdir.

Oyatning oxirida:

«Alloh sizlarning kezar joylaringizni ham, borar joylaringizni ham bilur», deyilgan.

Bu xabar har bir moʻmin qalbiga xotirjamlik va sezgirlik soladi. Avvalo, hamma joyda Alloh Oʻz rioyati bilan hoziru nozirligidan xotirjam boʻlib, Uning himoyasida ekanligidan omonlikni sezsa, ikkinchidan, hoziru nozir zot boʻlmish Allohning noroziligiga sabab boʻluvchi ishlar sodir etishdan qoʻrqadi, hushyor tortadi.

Kelasi oyatda munofiqlarning Alloh amriga nisbatan oʻzlarini qanday tutishlari vasf qilinadi.