طَاعَةٌ وَقَوْلٌ مَّعْرُوفٌ ۚ فَإِذَا عَزَمَ ٱلْأَمْرُ فَلَوْ صَدَقُوا۟ ٱللَّهَ لَكَانَ خَيْرًا لَّهُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ularga toat va yaxshi so`z yaxshiroqdir, bas, ish jiddiylashganda, Allohga sodiq qolsalar, o`zlariga yaxshi bo`lur edi.Уларга тоат ва яхши сўз яхшироқдир, бас, иш жиддийлашганда, Аллоҳга содиқ қолсалар, ўзларига яхши бўлур эди.Alauddin Mansour: (Sizga) itoat etish va yaxshi soʻz (soʻzlash loyiqroq edi). Endi qachon ish — jang muqarrar boʻlsa, u holda agar ular Allohga (iymon keltirish va Uning jang qilish haqidagi amriga itoat etishda) sodiq-rostgoʻy boʻlganlarida, albatta oʻzlari uchun yaxshiroq boʻlur edi.(Сизга) итоат этиш ва яхши сўз (сўзлаш лойиқроқ эди). Энди қачон иш — жанг муқаррар бўлса, у ҳолда агар улар Аллоҳга (иймон келтириш ва Унинг жанг қилиш ҳақидаги амрига итоат этишда) содиқ-ростгўй бўлганларида, албатта ўзлари учун яхшироқ бўлур эди.
Iymon saodatiga muyassar boʻlganlar oʻzlari iymon keltirgan Zotdan ularga farmon boʻlishini doimo orziqib kutadilar. Chunki, ularning eng ulkan saodati, ilohiy farmonga amal qilib Allohga qurbat hosil qilishdir. Xuddi shu tuygʻu ularning:
«Va iymon keltirganlar, biron sura nozil qilinsa edi, derlar», kabi intizorliklariga sabab boʻlgan. Xoʻsh, oʻsha orzu qilingan sura nozil qilinsa, nima boʻladi? U vaqtda moʻmin- musulmonlar uni xursandlik ila kutib olib, unga amal qilishni boshlaydilar.Oʻzlarining iymonda sodiqliklarini isbot qiladilar. Ammo, shunday paytda munofiqlarning haqiqiy basharalari namoyon boʻladi, ularning riyo pardalari yirtiladi.
«Vaqtiki, muhkam sura nozil qilinib...»
Oyatda «muhkam» deb zikr etilgan soʻz, Qurʼoni Karim matnida «muhkamatun» deb vasf qilingan boʻlib, ochiq-oydin, puxta- pishiq, faqat bir maʼnoni anglatuvchi va ikkinchi maʼnoni qabul qila olmaydigan, degan maʼnolarni bildiradi. Demak, shunday sifatdagi sura nozil boʻlgani maʼlum boʻldi. U yogʻi nima boʻladi?!
«...unda urush zikr qilinsa, qalblarida kasali borlarning senga xuddi jon berayotganning qarashidek qarayotganini koʻrasan.»
Chunki, ular aynan qalblarida kasallari borligi uchun munofiqlik dardiga uchraganlar. Munofiqlar uchun Allohning yoʻlida urushga kirish katta musiybat.
Shuning uchun ham, ular, nozil boʻlgan surada «urush zikr qilinsa», jon taslim qilayotgan shaxs oʻlimdan qoʻrqib koʻzini chaqchaytirganidek qarash bilan Paygʻambarga qaraydilar. Yaʼni, Allohning bu amrini xuddi oʻlimdan qoʻrqqandek qoʻrqinch ila kutib oladilar. Aslida, ularga nima yaxshiroq?
«Ularga toat va yaxshi soʻz yaxshiroqdir...»
Ha, ular uchun Alloh taologa itoat qilmoq yaxshiroqdir. Ha, ular uchun yaxshi soʻz, yaʼni, qalblari pok ekanligini va boshqa xayriyatni ifoda etuvchi soʻzlar yaxshiroqdir. Eng muhimi,
«...ish jiddiylashib qolganda Allohga sodiq qolsalar, oʻzlari uchun yaxshi boʻlur edi».
Keyingi oyatlarda Allohning amridan yuz oʻgirganlarning oqibati haqida soʻz ketadi.