أَفَلَا يَتَدَبَّرُونَ ٱلْقُرْءَانَ أَمْ عَلَىٰ قُلُوبٍ أَقْفَالُهَآ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qur'onni tadabbur ila o`ylab ko`rmaydilarmi? Yoki qalblarda qulflar bormi?Қуръонни тадаббур ила ўйлаб кўрмайдиларми? Ёки қалбларда қулфлар борми?Alauddin Mansour: Axir ular Qurʼon haqida fikr yuritmaydilarmi?! Balki dillarida qulflari bordir, (shuning uchun u dillarga Qurʼon nuri yetmayotgandir)?!Ахир улар Қуръон ҳақида фикр юритмайдиларми?! Балки дилларида қулфлари бордир, (шунинг учун у дилларга Қуръон нури етмаётгандир)?!
Qurʼoni Karimni «tadabbur» qilish uni eʼtibor va ehtimom ila oʻqib, maʼnolarining magʻzini chaqishdir. Ha, oʻsha avvalgi oyati karimada zikr qilinganlar
«Qurʼonni tadabbur ila oʻylab koʻrmaydilarmi?»
Har bir oyatni, har bir soʻzni chuqur tushunishga harakat qilish Qurʼonni tadabbur qilishdir. Ana oʻshanda parda koʻtariladi, hamma narsa ravshanlashadi, qalb halovat topadi, vijdon musaffo boʻladi.
«Yoki qalblarda qulflar bormi?»
Agar «qalblarida qulf» boʻlsa, unda hamma narsa berk, ularga hech narsa, jumladan, Qurʼon nuri ham kirmaydi.
Keyingi oyatlarda munofiqlarning holini fosh etish davom etadi.