QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Muhammad surasi · Oyatсураси · Оят26

ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمْ قَالُوا۟ لِلَّذِينَ كَرِهُوا۟ مَا نَزَّلَ ٱللَّهُ سَنُطِيعُكُمْ فِى بَعْضِ ٱلْأَمْرِ ۖ وَٱللَّهُ يَعْلَمُ إِسْرَارَهُمْ

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Undoq bo`lishligi, albatta, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush ko`rmaganlarga: «Sizlarga ba'zi ishlarda itoat qilurmiz», deyishlari sababidandir. Va holbuki, Alloh sir-asrorlarini bilib turibdi.Ундоқ бўлишлиги, албатта, уларнинг Аллоҳ нозил қилган нарсани хуш кўрмаганларга: «Сизларга баъзи ишларда итоат қилурмиз», дейишлари сабабидандир. Ва ҳолбуки, Аллоҳ сир-асрорларини билиб турибди.Alauddin Mansour: Bunga (yaʼni, kufrga qaytib ketishlariga) sabab, ularning Alloh nozil qilgan narsani (Qurʼonni) yomon koʻrgan kimsalarga: «Biz ayrim ishlarda sizlarga itoat etamiz», deganlaridir. Holbuki, Alloh ularning yashirgan (sirlari)ni bilur.Бунга (яъни, куфрга қайтиб кетишларига) сабаб, уларнинг Аллоҳ нозил қилган нарсани (Қуръонни) ёмон кўрган кимсаларга: «Биз айрим ишларда сизларга итоат этамиз», деганларидир. Ҳолбуки, Аллоҳ уларнинг яширган (сирлари)ни билур.

509-sahifa · 26-juz · 51-hizb509-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
ذَٰلِكَundoq boʻlishligiундоқ бўлишлигиبِأَنَّهُمْalbatta ular sababidandirалбатта улар сабабидандирقَالُوا۟dedilarдедиларلِلَّذِينَshunday kishilargaшундай кишиларгаكَرِهُوا۟xush koʻrmaganхуш кўрмаганمَاnarsaniнарсаниنَزَّلَnozil qilganнозил қилганٱللَّهُAllohАллоҳسَنُطِيعُكُمْsizlarga itoat qilamizсизларга итоат қиламизفِى-da-даبَعْضِbaʼziбаъзиٱلْأَمْرِ ۖishlarишларوَٱللَّهُva Allohва Аллоҳيَعْلَمُbilib turibdiбилиб турибдиإِسْرَارَهُمْsir-asrorlariniсир-асрорларини
TafsirТафсир

Demak, ularning hidoyat ravshan boʻlgandan soʻng ortlariga qaytishlari:

«Undoq boʻlishligi, albatta, ularning Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlarga: «Sizlarga baʼzi ishlarda itoat qilurmiz», deyishlari sababidandir».

Oyatdagi «Alloh nozil qilgan narsani xush koʻrmaganlar»dan murod yahudiylardir. Madiynai Munavvarada Alloh nozil qilgan Qurʼonni, Islomni birinchi boʻlib yomon koʻrganlar yahudiylar boʻlganlar. Chunki ular, oxirgi Paygʻambar bizdan boʻladi, degan eʼtiqodda yurar edilar. Madiyna arablariga: «Qarab turinglar, yaqinda oxir zamon Paygʻambari chiqadi, uning sifatlari bundoq-bundoq, oʻshanda biz unga iymon keltirib, uning rahbarligida senlarni tor-mor qilamiz», deyishardi. Vaqti yetib, ular sifatlab yurgan Paygʻambar chiqqanda, arablar iymon keltirdilar, yahudiylar esa, iymon keltirmadilar. Nimaga? Buning sababi bitta–Paygʻambar yahudiy emas edi. Shuning uchun, ular u zotning Paygʻambarligini xush koʻrmadilar va Alloh u zotga nozil qilgan narsani xush koʻrmadilar. Madiynaga hijrat qilishini yoqtirmadilar. Va birinchi kundan boshlab dushmanlik yoʻliga oʻtdilar.

Munofiqlar oʻsha mashʼum yahudiylarga:

«Sizlarga baʼzi ishlarda itoat qilurmiz», deyishgan edi.

Ular, sirtdan oʻzlarini musulmon qilib koʻrsatib yurganlari uchun, yahudiylarga barcha ishlarda itoat qila olmasdilar. Ular birovga bildirmay shartnoma tuzganlari bilan,

«...Alloh sir-asrorlarini bilib turibdi».

Undan hech narsani yashira olmaydilar.