ذَٰلِكَ بِأَنَّهُمُ ٱتَّبَعُوا۟ مَآ أَسْخَطَ ٱللَّهَ وَكَرِهُوا۟ رِضْوَٰنَهُۥ فَأَحْبَطَ أَعْمَـٰلَهُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Bunday bo`lishi, albatta, ularning Allohni g`azablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush ko`rmaganliklari sababidandir. Bas, U zot amallarini habata qildi.Бундай бўлиши, албатта, уларнинг Аллоҳни ғазаблантирган нарсага эргашганлари ва Унинг розилигини хуш кўрмаганликлари сабабидандир. Бас, У зот амалларини ҳабата қилди.Alauddin Mansour: Bunga (yaʼni, oʻlim soatidagi bunday azobga) sabab, ularning Allohni gʻazablantirgan narsaga (yaʼni, munofiqlik yoʻliga) ergashib, U zotning rizoligini (yaʼni, moʻminlar bilan birga kofirlarga qarshi jang qilishni) yomon koʻrganlaridir. Bas, (Alloh) ularning (qilgan yaxshi) amallarini ham behuda ketkazdi.Бунга (яъни, ўлим соатидаги бундай азобга) сабаб, уларнинг Аллоҳни ғазаблантирган нарсага (яъни, мунофиқлик йўлига) эргашиб, У зотнинг ризолигини (яъни, мўминлар билан бирга кофирларга қарши жанг қилишни) ёмон кўрганларидир. Бас, (Аллоҳ) уларнинг (қилган яхши) амалларини ҳам беҳуда кетказди.
Demak, munofiqlar bekordan-bekorga bunchalik xoru zor boʻlmaydilar. Bekorga farishtalar ularning yuzlariga va ortlariga urib turib, jonlarini olmaydi.
«Bunday boʻlishi, albatta, ularning Allohni gʻazablantirgan narsaga ergashganlari va Uning roziligini xush koʻrmaganliklari sababidandir.»
Ular Allohning gʻazabini chiqaruvchi gunohlarni qilganlar. Munofiqlar Alloh koʻrsatgan yoʻldan yurmay, U zotning gʻazabini chiqaradigan turli boʻlmagʻur yoʻllarga yurganlar. Ular Alloh taoloning roziligini emas, boshqa tomonlarning roziligini xush koʻrganlar.
«Bas, U zot amallarini habata qildi.»
Chunki, u ishlar Allohni rozi etish uchun qilinmagan edi. Ular nima qilsalar ham, oʻzlari qildilar va oʻzlari uchun qildilar. Oqibati ham ular uchun boʻldi. Ular boʻlsa, musulmonlarning ziddiga qildik, ularni bopladik, deb yuribdilar.
Oʻsha munofiqlar, oʻsha,