أَمْ حَسِبَ ٱلَّذِينَ فِى قُلُوبِهِم مَّرَضٌ أَن لَّن يُخْرِجَ ٱللَّهُ أَضْغَـٰنَهُمْ
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Qalblarida kasal borlar, Alloh ularning qattiq hasadlarini oshkor qilmas, deb hisoblaydilarmi?!Қалбларида касал борлар, Аллоҳ уларнинг қаттиқ ҳасадларини ошкор қилмас, деб ҳисоблайдиларми?!Alauddin Mansour: Balki dillarida maraz-nifoq boʻlgan kimsalar Alloh ularning (dillaridagi moʻminlarga nisbatan boʻlgan) adovatlarini oshkor qilmas, deb oʻylagandirlar?!Балки дилларида мараз-нифоқ бўлган кимсалар Аллоҳ уларнинг (дилларидаги мўминларга нисбатан бўлган) адоватларини ошкор қилмас, деб ўйлагандирлар?!
Munofiqlar, oʻzlaricha, munofiqlik sanʼatini qoyillatib qoʻyamiz, bizning Islomga, musulmonlarga boʻlgan dushmanligimizni hech kim bilmaydi, musulmonchilik haqida gap ketsa, biz musulmonlardan ham oʻtkazib yuboryapmiz-ku, ichimizdagi hiqdu hasadni kim bilib oʻtiribdi, deb oʻylashadi. Ushbu oyati karima ularning mazkur fikrlari gʻirt ahmoqlik ekanligini fosh qilyapti. Yoki fosh etishga tahdid qilyapti.
Kelasi oyatda esa ochiq-oydin fosh etish boshlanadi:Ey Paygʻambar!