QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fath surasi · Oyatсураси · Оят15

سَيَقُولُ ٱلْمُخَلَّفُونَ إِذَا ٱنطَلَقْتُمْ إِلَىٰ مَغَانِمَ لِتَأْخُذُوهَا ذَرُونَا نَتَّبِعْكُمْ ۖ يُرِيدُونَ أَن يُبَدِّلُوا۟ كَلَـٰمَ ٱللَّهِ ۚ قُل لَّن تَتَّبِعُونَا كَذَٰلِكُمْ قَالَ ٱللَّهُ مِن قَبْلُ ۖ فَسَيَقُولُونَ بَلْ تَحْسُدُونَنَا ۚ بَلْ كَانُوا۟ لَا يَفْقَهُونَ إِلَّا قَلِيلًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: O`ljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda ortda qolganlar: «Qo`yib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishar. Allohning kalomini o`zgartirmoqchi bo`lishar. Ayt: «Hech-hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan». Ular: «Balki, hasad qilayotgandirsizlar», deyishar. Yo`q, ular ozgina narsadan boshqa narsani anglamaslar.Ўлжалар томон, уларни олиш учун юрганингизда ортда қолганлар: «Қўйиб беринг, биз ҳам сизга эргашурмиз», дейишар. Аллоҳнинг каломини ўзгартирмоқчи бўлишар. Айт: «Ҳеч-ҳеч бизга эргашмайсиз, ушбуни Аллоҳ аввал айтган». Улар: «Балки, ҳасад қилаётгандирсизлар», дейишар. Йўқ, улар озгина нарсадан бошқа нарсани англамаслар.Alauddin Mansour: Hali sizlar (Xaybar jangida qoʻlga kiritgan) oʻljalarini olish uchun ketayotgan vaqtingizda (jihodga chiqmasdan) qolgan kimsalar: «Bizlar ham (oʻsha oʻljalardan olish uchun) sizlarga ergashishimizga (yoʻl) qoʻyinglar», derlar. Ular Allohning kalomini oʻzgartirmoqchi boʻladilar. Ayting: «Hargiz bizlarga ergashmaysizlar! Alloh ilgari mana shunday degandir». Endi ular: «Yuq, sizlar bizlarga hasad-baxillik qilmoqdasizlar», derlar. Yoʻq, ular kamdan-kam narsalarnigina anglarlar.Ҳали сизлар (Хайбар жангида қўлга киритган) ўлжаларини олиш учун кетаётган вақтингизда (жиҳодга чиқмасдан) қолган кимсалар: «Бизлар ҳам (ўша ўлжалардан олиш учун) сизларга эргашишимизга (йўл) қўйинглар», дерлар. Улар Аллоҳнинг каломини ўзгартирмоқчи бўладилар. Айтинг: «Ҳаргиз бизларга эргашмайсизлар! Аллоҳ илгари мана шундай дегандир». Энди улар: «Йуқ, сизлар бизларга ҳасад-бахиллик қилмоқдасизлар», дерлар. Йўқ, улар камдан-кам нарсаларнигина англарлар.

512-sahifa · 26-juz · 51-hizb512-саҳифа · 26-жуз · 51-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
سَيَقُولُtezda aytarlarтезда айтарларٱلْمُخَلَّفُونَortda qolganlarортда қолганларإِذَاqachonkiқачонкиٱنطَلَقْتُمْyurganingizdaюрганингиздаإِلَىٰtomonтомонمَغَانِمَoʻljalarўлжаларلِتَأْخُذُوهَاularni olish uchunуларни олиш учунذَرُونَاqoʻyib bering bizniқўйиб беринг бизниنَتَّبِعْكُمْ ۖsizga ergashamizсизга эргашамизيُرِيدُونَular xohlarlarулар хоҳларларأَن-ni-ниيُبَدِّلُوا۟oʻzgartirishўзгартиришكَلَـٰمَkalominiкаломиниٱللَّهِ ۚAllohningАллоҳнингقُلaytайтلَّنhargiz emasҳаргиз эмасتَتَّبِعُونَاbizga ergashasizбизга эргашасизكَذَٰلِكُمْshundayшундайقَالَaytganайтганٱللَّهُAllohАллоҳمِن-dan-данقَبْلُ ۖavvalаввалفَسَيَقُولُونَbas, tezda aytarlarбас, тезда айтарларبَلْbalkiбалкиتَحْسُدُونَنَا ۚbizga hasad qilyapsizбизга ҳасад қиляпсизبَلْyoʻq, balkiйўқ, балкиكَانُوا۟ular edilarулар эдиларلَاemasэмасيَفْقَهُونَanglaydiganанглайдиганإِلَّاmagarмагарقَلِيلًۭاozginaозгина
TafsirТафсир

Bu oyati karimada umumiy safarbarlikdan chetda qolganlarning haqiqiy basharasi yanada ochib tashlanmoqda. Hozir turli bahonalar topib ortda qolayotganlari bilan, agar siz moʻminlarga Alloh zafar berib, dushmanni yengib, undan qoʻlga tushgan:

«Oʻljalar tomon, ularni olish uchun yurganingizda...» ortda qolganlar molu dunyoga oʻchlik bilan:

«Qoʻyib bering, biz ham sizga ergashurmiz», deyishadi. Yaʼni, siz bilan jihodga, qiyin safarga boramiz, deyishadi. Chunki, ularning oʻlja olishga koʻzlari yetib qoldi. Agar avvalgiga oʻxshab yomon gumonga borsalar, bunday qilishmas edi. Ular bu ishlari bilan Allohning kalomini oʻzgartirmoqchi boʻlishadi. Alloh oʻljali gʻazotga haqiqiy moʻminlarning borishini xohlagan edi, ular esa, Allohning xohishiga qarshi, moʻminlarga ergashib borishmoqchi. Alloh taolo Oʻz Paygʻambariga xitob qilib, ortda qolganlarni qaytarishga,

«Hech bizga ergashmaysiz, ushbuni Alloh avval aytgan», deyishga buyurmoqda.

Ortda qolganlarning esa, nafslari buzuq, har bir narsani oʻzlaricha tushunadilar, Paygʻambar alayhissalom ularga Allohning kalomini yetkazsalar ham:

«Ular: «Balki, bizga hasad qilayotgandirsizlar», deyishar».

Oʻzlarining yomonligi tufayli oʻlja tomon moʻminlarga ergashishdan manʼ qilinishlarini hasaddan, deb tushunadilar. Aslida esa, ular bir narsani anglab yetmaydigan, anglasa ham juda oz anglaydigan kishilardir. Ular qiyinchilik tortmay, Allohning yoʻlida biror narsa qilmay turib, Uning fazlidan bahramand boʻlishga shoshilishadi. Alloh esa, Oʻzining yoʻlida mashaqqat chekkan, xavfu xatarga tik borgan bandalarga fazlu karam koʻrsatadi, jumladan, oyatda zikr qilingan oʻljalarni ravo koʻradi.

Ushbu maʼnoni yanada taʼkidlash uchun keyingi oyatda Alloh Oʻz Paygʻambariga amr qilib, ortda qolganlarga yana bir sinov boʻlishini, agar sinovdan yaxshi oʻtsalar, ajr olishlarini, oʻta olmasalar, oxirgi imtihondan ham oʻtmagan hisoblanishlarini tushuntirishni buyurmoqda:

Ey Paygʻambar!