قُل لِّلْمُخَلَّفِينَ مِنَ ٱلْأَعْرَابِ سَتُدْعَوْنَ إِلَىٰ قَوْمٍ أُو۟لِى بَأْسٍ شَدِيدٍ تُقَـٰتِلُونَهُمْ أَوْ يُسْلِمُونَ ۖ فَإِن تُطِيعُوا۟ يُؤْتِكُمُ ٱللَّهُ أَجْرًا حَسَنًا ۖ وَإِن تَتَوَلَّوْا۟ كَمَا تَوَلَّيْتُم مِّن قَبْلُ يُعَذِّبْكُمْ عَذَابًا أَلِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Ortda qolgan a'robiylarga: «Katta kuchga ega qavmga (qarshi) chaqirilursiz, ular musulmon bo`lgunlaricha urushasiz. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizga yaxshi ajr berur. Va agar yana avval qochganingizdek, ortga qochsangiz, alamli azob ila azoblar», deb ayt.Ортда қолган аъробийларга: «Катта кучга эга қавмга (қарши) чақирилурсиз, улар мусулмон бўлгунларича урушасиз. Агар итоат қилсангиз, Аллоҳ сизга яхши ажр берур. Ва агар яна аввал қочганингиздек, ортга қочсангиз, аламли азоб ила азоблар», деб айт.Alauddin Mansour: Aʼrobiylardan boʻlgan (jihodga chiqmasdan) qolgan (munofiq) kimsalarga ayting: «Yaqinda sizlar kuch-quvvat egalari bulgan bir qavm (bilan jang qilish)ga daʼvat etilursizlar. (Oʻshanda yo) ular bilan urishursizlar, yoki ular (jang-jadalsiz) Islomga kirurlar. Bas, agar (oʻsha payt sizlarni kofir qavmga qarshi jihod qilish uchun daʼvat etuvchiga) itoat etsangizlar, Alloh sizlarga goʻzal ajr-mukofot ato etur. Agar ilgari yuz oʻgirib ketganlaringizdek yuz oʻgirib ketsangizlar, (Alloh) sizlarni alamli azob-la azoblar.Аъробийлардан бўлган (жиҳодга чиқмасдан) қолган (мунофиқ) кимсаларга айтинг: «Яқинда сизлар куч-қувват эгалари булган бир қавм (билан жанг қилиш)га даъват этилурсизлар. (Ўшанда ё) улар билан уришурсизлар, ёки улар (жанг-жадалсиз) Исломга кирурлар. Бас, агар (ўша пайт сизларни кофир қавмга қарши жиҳод қилиш учун даъват этувчига) итоат этсангизлар, Аллоҳ сизларга гўзал ажр-мукофот ато этур. Агар илгари юз ўгириб кетганларингиздек юз ўгириб кетсангизлар, (Аллоҳ) сизларни аламли азоб-ла азоблар.
Bu oyatda kishilarning buzuq nafslarini qanday tarbiya qilish zarurligi koʻrsatilmoqda. Aʼrobiylar nafslari buzuqligi sababli ommaviy safarlardan panada qoldilar, nafslari buzuqligi tufayli oʻljasi tayin va moʻl jihodga bormoqchi boʻldilar va yana nafslari buzuqligi bois Paygʻambar alayhissalomning qaytarishlarini hasaddan, deb talqin etishdi. Shuning uchun, uzil- kesil ravishda ularning ishlarini bir yoqlik qilish maqsadida, ularga shunday taklif qilindi:
«Katta kuchga ega qavmga (qarshi) chaqirilursiz, ular musulmon boʻlgunlaricha urusharsiz. Agar itoat qilsangiz, Alloh sizga yaxshi ajr berur. Va agar yana avval qochganingizdek, ortga qochsangiz, alamli azob ila azoblar...»
Yaʼni, kuchli, shiddatli qavmga qarshi urushga daʼvat qilinasizlar, ular musulmon boʻlgunlariga qadar urush qilishingiz kerak. Farmonga itoat qilib, buyruqni bajarsangiz, yaxshilar safidan oʻrin olasiz, yaxshi ajrlarga ega boʻlasiz. Ammo, avvalgi safargidek, ortingizga qarab qochsangiz, Alloh sizni alamli azob ila azoblaydi.
Ha, oson paytda oldinga tushib oʻzini koʻrsatishga hamma ham oshiqaveradi. Haqiqiy moʻmin qiyinchilik paytida ham oʻzidan, molidan, jonidan, ahli ayolidan kechib, Allohning amrlarini bajarishda sinaladi.
Mazkur kishilar ichida haqiqiy uzrlilari ham bor. Ular haqidagi hukmni keyingi oyat bayon qiladi: