QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fath surasi · Oyatсураси · Оят18

۞ لَّقَدْ رَضِىَ ٱللَّهُ عَنِ ٱلْمُؤْمِنِينَ إِذْ يُبَايِعُونَكَ تَحْتَ ٱلشَّجَرَةِ فَعَلِمَ مَا فِى قُلُوبِهِمْ فَأَنزَلَ ٱلسَّكِينَةَ عَلَيْهِمْ وَأَثَـٰبَهُمْ فَتْحًا قَرِيبًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Batahqiq, Alloh mo`minlardan daraxt ostida senga bay'at qilayotganlarida rozi bo`ldi. Bas, ularning qalblaridagini bildi, ularga sokinlikni tushirdi va yaqin fath ila mukofotladi.Батаҳқиқ, Аллоҳ мўминлардан дарахт остида сенга байъат қилаётганларида рози бўлди. Бас, уларнинг қалбларидагини билди, уларга сокинликни туширди ва яқин фатҳ ила мукофотлади.Alauddin Mansour: (Ey Muhammad alayhis-salotu vas-salom), darhaqiqat, Alloh moʻminlardan — ular daraxt ostida sizga bayʼat qilayotgan vaqtlarida — rozi boʻldi. Bas, U zot ularning dillaridagi narsa (sadoqat va vafo)ni bilib, ularga sakinat — orom tushirdi va ularni (Xaybar jangida erishiladigan) yaqin gʻalaba bilan mukofotladi.(Эй Муҳаммад алайҳис-салоту вас-салом), дарҳақиқат, Аллоҳ мўминлардан — улар дарахт остида сизга байъат қилаётган вақтларида — рози бўлди. Бас, У зот уларнинг дилларидаги нарса (садоқат ва вафо)ни билиб, уларга сакинат — ором туширди ва уларни (Хайбар жангида эришиладиган) яқин ғалаба билан мукофотлади.

513-sahifa · 26-juz · 52-hizb513-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
۞ لَّقَدْbatahqiqбатаҳқиқرَضِىَrozi boʻldiрози бўлдиٱللَّهُAllohАллоҳعَنِ-dan-данٱلْمُؤْمِنِينَmoʻminlarмўминларإِذْoʻshandaўшандаيُبَايِعُونَكَsenga bayʼat qilayotganlaridaсенга байъат қилаётганларидаتَحْتَostidaостидаٱلشَّجَرَةِdaraxtдарахтفَعَلِمَbas, bildiбас, билдиمَاnarsaniнарсаниفِى-dagi-дагиقُلُوبِهِمْularning qalblariуларнинг қалблариفَأَنزَلَbas, tushirdiбас, туширдиٱلسَّكِينَةَsokinlikniсокинликниعَلَيْهِمْulargaуларгаوَأَثَـٰبَهُمْva ularni mukofatladiва уларни мукофатладиفَتْحًۭاfath ilaфатҳ илаقَرِيبًۭاyaqinяқин
TafsirТафсир

Bu oyati karimada vasf qilingan holat har bir moʻmin uchun ulugʻ baxt va saodatning soʻnggi nuqtasi hisoblanadi. Chunki, moʻmin kishining yagona oliymaqom orzusi–Allohning roziligiga erishishdir. Bu oyatda esa Alloh taoloning Oʻzi Hudaybiyada Paygʻambar alayhissalomga bayʼat qilgan bir ming toʻrt yuz sahobai kiromlardan rozi ekanligini eʼlon qilib turibdi. Bu eʼlon qiyomat kunigacha ibodat, tilovat boʻlib turishi taʼminlangan. Shuning uchun ham, mazkur bayʼatning bir nomi «Bayʼatir-Rizvon»–«rozilik bayʼati»dir.

Imom Muslim rivoyat qilgan hadisi sharifda Paygʻambarimiz Muhammad alayhissalom, daraxt ostida bayʼat qilganlardan birortasi doʻzaxga kirmaydilar, deganlar.

Boshqa bir hadisda esa, Paygʻambar alayhissalom hazrati Jobir roziyallohu anhuga va «Bayʼatir-Rizvon»da ishtirok etgan boshqa sahobiylarga qarata: «Sizlar yer yuzidagi eng yaxshi odamlarsiz», deganlar.

Shunga binoan, har bir musulmon mazkur baxtiyor shaxslarni sevishi, hurmatlashi va eʼzozlashi lozimdir.

Mazkur oyatda Alloh taolo bayʼat qilgan moʻminlardan roziligi xabarini yetkazish bilan birga, ularning qalblaridagi narsani ham bilganini taʼkidlamoqda. Albatta, moʻminlar qalbida Allohning va Uning Rasulining muhabbati, Islom diniga boʻlgan gʻayrat, bayʼatga sodiqlik va boshqa fidokorliklar borligini Allohning Oʻzi yaxshi bilgan. Shu bilan birga, hakiym sifatli Alloh aynan oʻsha paytda moʻminlar qalbiga sokinlik, xotirjamlik soldi. Boʻlmasa, suraning tafsiri muqaddimasida kelganidek, Paygʻambar alayhissalomga itoat qilmaslikkacha borib qolishlari mumkin edi.

Alloh taolo ularga «yaqin fath»ni mukofot qilib berdi. Hudaybiyadan soʻng tezda butun dunyoni fath qilish boshlandi. Ikki oydan koʻp vaqt oʻtmay, birinchi eng muhim fathlardan Xaybar fathi boʻldi. Undan keyin esa, fathlar ketma-ket sodir boʻlaverdi.