وَمَغَانِمَ كَثِيرَةً يَأْخُذُونَهَا ۗ وَكَانَ ٱللَّهُ عَزِيزًا حَكِيمًا
Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Va ko`pgina o`ljalarni ham olurlar. Va Alloh Aziyz va Hakiym Zotdir.Ва кўпгина ўлжаларни ҳам олурлар. Ва Аллоҳ Азийз ва Ҳакийм Зотдир.Alauddin Mansour: Va oʻzlari(gina) oladigan koʻpdan-koʻp oʻljalar (bilan mukofotladi). Alloh qudrat va hikmat sohibi boʻlgan Zotdir.Ва ўзлари(гина) оладиган кўпдан-кўп ўлжалар (билан мукофотлади). Аллоҳ қудрат ва ҳикмат соҳиби бўлган Зотдир.
Fathlarda, albatta, oʻljalar ham qoʻlga tushadi. Ularni jihodda qatnashgan moʻminlar olishi taʼkidlab aytilmoqda. Oyatning oxirida esa, bu aytilgan ishlarni yuzaga keltirish Oʻziga hech narsa emasligini taʼkidlash uchun aziyz va hakiym sifatini eslatmoqda. Mazkur oyatlarda Rasuli Akram alayhissalomga moʻminlar haqida xitob qilganidan soʻng, Alloh taolo endi soʻzni bevosita moʻminlarning oʻzlariga qaratadi.