QurʼonҚуръонPaygʻambarlar vorislariПайғамбарлар ворислари
Al-Fath surasi · Oyatсураси · Оят20

وَعَدَكُمُ ٱللَّهُ مَغَانِمَ كَثِيرَةً تَأْخُذُونَهَا فَعَجَّلَ لَكُمْ هَـٰذِهِۦ وَكَفَّ أَيْدِىَ ٱلنَّاسِ عَنكُمْ وَلِتَكُونَ ءَايَةً لِّلْمُؤْمِنِينَ وَيَهْدِيَكُمْ صِرَٰطًا مُّسْتَقِيمًا

Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf: Alloh sizlarga ko`pgina o`ljalarni va'da qildi. Ularni olursizlar, bunisini sizga tezlatib berdi, (o`tgan voqea) mo`minlarga ibrat bo`lishi uchun va sizlarni sirotul mustaqiymga boshlash uchun odamlarning qo`lini sizdan to`sdi.Аллоҳ сизларга кўпгина ўлжаларни ваъда қилди. Уларни олурсизлар, бунисини сизга тезлатиб берди, (ўтган воқеа) мўминларга ибрат бўлиши учун ва сизларни сиротул мустақиймга бошлаш учун одамларнинг қўлини сиздан тўсди.Alauddin Mansour: (Ey moʻminlar), Alloh sizlarga oʻzlaringiz oladigan koʻpdan-koʻp oʻljalar vaʼda qildi. Endi mana bu (Xaybar jangida qoʻlga kiritadigan oʻljalaringiz)ni esa naqd qilib qoʻydi va (sizlarga dushman boʻlgan) odamlarning qoʻllarini sizlar(ga biron ziyon yetkazish)dan toʻsib qoʻydi. Toki (bu neʼmatlar) moʻminlar uchun oyat-ibrat boʻlgay va (Alloh) sizlarni Toʻgʻri Yoʻlga hidoyat qilgay.(Эй мўминлар), Аллоҳ сизларга ўзларингиз оладиган кўпдан-кўп ўлжалар ваъда қилди. Энди мана бу (Хайбар жангида қўлга киритадиган ўлжаларингиз)ни эса нақд қилиб қўйди ва (сизларга душман бўлган) одамларнинг қўлларини сизлар(га бирон зиён етказиш)дан тўсиб қўйди. Токи (бу неъматлар) мўминлар учун оят-ибрат бўлгай ва (Аллоҳ) сизларни Тўғри Йўлга ҳидоят қилгай.

513-sahifa · 26-juz · 52-hizb513-саҳифа · 26-жуз · 52-ҳизб
Soʻzma-soʻzСўзма-сўз
وَعَدَكُمُsizlarga vaʼda qildiсизларга ваъда қилдиٱللَّهُAllohАллоҳمَغَانِمَoʻljalarniўлжаларниكَثِيرَةًۭkoʻpginaкўпгинаتَأْخُذُونَهَاularni olasizlarуларни оласизларفَعَجَّلَbas, tezlatib berdiбас, тезлатиб бердиلَكُمْsizgaсизгаهَـٰذِهِۦbunisiniбунисиниوَكَفَّva toʻsdiва тўсдиأَيْدِىَqoʻliniқўлиниٱلنَّاسِodamlarningодамларнингعَنكُمْsizdanсизданوَلِتَكُونَva boʻlishi uchunва бўлиши учунءَايَةًۭibrat (belgi)ибрат (белги)لِّلْمُؤْمِنِينَmoʻminlargaмўминларгаوَيَهْدِيَكُمْva sizlarni boshlashi uchunва сизларни бошлаши учунصِرَٰطًۭاyoʻlgaйўлгаمُّسْتَقِيمًۭاmustaqiym (toʻgʻri)мустақийм (тўғри)
TafsirТафсир

Bu oyatda Alloh taolo moʻminlarga suyunchli vaʼda qilib, kelajakda olinadigan koʻpgina oʻljalarning xabarini bermoqda. Haqiqatan, Hudaybiyada qatnashgan zotlar keyin yer yuzida koʻplab fathlarni koʻrdilar va moʻl oʻljalar oldilar.

Oyati karimada

«Bunisini sizga tezlatib berdi» deganda Hudaybiya nazarda tutilgan. Chunki, Hudaybiya ham fath va ham oʻlja hisoblangan. Uning fath ekanligi yuqorida batafsil aytib oʻtildi. Bu yerdagi oʻlja esa, maʼnaviy yutuqlar maʼnosidadir.

«Odamlarning qoʻlini sizdan toʻsdi» ifodasining maʼnosi shuki, Quraysh mushriklari sizlarga qarshi urush qilmoqchi edilar, Alloh ularning koʻngliga sulhni solib, qoʻllarini musulmonlarga zarar berishdan toʻsdi. Hudaybiyada boʻlib oʻtgan voqea

«Moʻminlarga ibrat boʻlishi uchun...»

Yaʼni, bu voqeada juda koʻp ibratlar sodir boʻldi. Jumladan, avvalda sulhga rozi boʻlmay, uni yoqtirmadilar. Lekin Allohga va Uning Rasuliga itoat qilganliklari tufayli ish yaxshilik bilan tugadi. Moʻminlar itoatkor boʻlganliklari, iymonlarida sodiq qolganliklari, Allohning amriga soʻzsiz boʻysunganliklari mukofotiga Alloh taolo ularni sirotul mustaqiymga hidoyat qildi.

Keyingi oyatda bundan boshqa yana yangi yaxshiliklarni ham vaʼda qilib, unga moʻminlar kuch-quvvat ishlatmasdan, saʼy-harakat qilmasdan ham erishishlarini eslatmoqda.